Teri go’zal bo’lishi uchun nimalar iste’mol qilish kerak
Barcha go’zal va bejirim yuz terisiga ega bo’lishni orzu qiladi-yu, ammo bu uning ovqatlanish tartibiga ham bog’liq ekanligini ba’zida unutib qo’yishadi. Bu maqolamizda bizlar bunday maqsadga erishishga yordam beruvchi ba’zi mahsulotlar haqida ma’lumot beramiz!
Teri — asosiy a’zolardan biri bo’lib, ichki holatimizni xuddi, ko’zgudagidek aks ettiradi. Ko’p vaqtingizni kosmetologga sarflashni o’rniga, o’z ovqatlanish tartibingizga e’tibor qaratsangiz, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Hozir esa teringizni ichkaridan oziqlantirish xususiyatiga ega 10 xil mahsulot bilan sizlarni tanishtiramiz.
1. Dengiz mahsulotlari
Shimoliy dengiz baliqlari — skumbriya, lasos, sardina, seld baliqlari foydali yog’lar va Omega-3 ni saqlashi bilan yuqori baholanib, ular terining quruqlashishiga qarshi kurashadi. Shuningdek, Omega-3 kollagenni ishlab chiqarib, erta tushadigan ajinlarni oldini oladi.
2. Zig’ir urug’lari
Baliqni yog’li turlari kabi zig’ir urug’lari ham Omega-3 ning manbai sanaladi. Ularni asosan bo’tqalarga, sabzavotli salatlar va mevali smuzilarga solishadi. Ularning yanada foydaliroq bo’lishi uchun esa xuddi undek maydalab olib, kefirga solib iste’mol qilish kerak.
3. С guruh vitaminini saqlovchi mahsulotlar
Balki hayron ham qolarsiz, ammo sitrus mevalari bu vitaminni saqlash borasida birinchi o’rinlarda emas. Bulg’or qalampiri, brokkoli, ismaloq, bryussel karami va chili qalampiri ham ko’p miqdorda C guruh vitaminini saqlaydi. Tadqiqotlarda aniqlanilishicha, bu mahsulotlar terining qarishiga qarshi ta’sir ko’rsatar ekan.
4. Yong’oqlar
Yong’oqlar Е vitaminiga boy bo’lib, terining tabiiy jilodorligini ta’minlab, quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Mutaxassislarning fikricha, E guruh vitaminining bir kunlik me’yori — 30 grammni tashkil etadi.
5. Avokado
Avokado o’zida foydali yog’larni saqlashi, shakarni umuman saqlamasligi bilan juda oziqlantiruvchi va foydali mahsulot sanaladi. Ko’p miqdorda A vitaminini saqlashi sabab ham, terining qayta tiklanishini tezlashtirib, o’lik hujayralardan ham xalos etadi. E guruh vitaminini ko’p saqlashiga tenglasha oladigan meva yo’qdir. Shuningdek, avokado organizmni ham yoshartirish xusususiyatiga ega.
6. Zaytun yog’i
Е guruh vitaminini saqlash bo’yicha zaytun yog’i ham alohida o’rin egallaydi. Uni ovqatlarga solib, yoki niqob sifatida foydalanish yoki kremlarga solib, ishlatish ham mumkin. Olimlarning aniqlashicha, muntazam zaytun yog’idan iste’mol qilish ichaklar faoliyatini yaxshilaydi. Bunda organizm tozalanib, qarabsizki, yuz teringiz ham go’zallashadi.
7. Qovoq urug’lari
Qovoq urug’lari tarkibida rux va temir moddalari miqdori ko’p bo’lib, rux husnbuzarlarga qarshi kurashsa, temir terining rangini yaxshilaydi. Qovoq urug’larini salatlar yoki bo’tqalarga solib ishlatish mumkin.
8. Qora shokolad
Ko’p bo’lmagan miqdorda iste’mol qilingan achchiq shokolad teri, soch va tirnoqlarga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Asosiysi, 70% dan kam bo’lmagan kakaoni saqlovchi sifatli shokoladdan xarid qilish lozim. Kakao dukkaklaridagi antioksidantlar namlikni ushlab turib, ajinlar tushishini oldini oladi.
9. Suli yormasi
Ertalab iste’mol qilingan suli bo’tqasi — зteri sog’lomligi va go’zalligi garovi deb bejizga aytishmaydi. U o’zida kremniy va biriktiruvchi to’qimalarni saqlaydi. Kremniy terining silliqlashishini ta’minlasa, biriktiruvchi to’qima esa shlaklardan organizmni tozalaydi. Faqat suli parchalarini tanlashda ahamiyatliroq bo’ling, chunki foydali sanaladigan suli yormalari 20-25 daqiqada pishishi kerak. Tez tayyorlaniladigan bo’tqalar qayta ko’p ishlov berilganligi sabab ham, unchalik ko’p foydali moddalarga ega bo’lmay qoladi.
10. Suv
Bizning ro’yxatimizni eng muhim mahsulotlardan biri, suv yakun yasaydi. Bizlar terimizni har xil kremlar bilan oziqlantirmoqchi bo’lamiz-u, ammo uni ichkaridan namlantirish kerakligini unutib qo’yamiz. Suv nafaqat teriga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, balki suv yig’ilishi va sellyulitga ham qarshi kurashadi. Suvning foydali tomonlari bilan esa quyidagi maqolamizda tanishib olishingiz mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.