Nimalar tayyorlash mumkin: Salatlar
Tez va oson tayyorlaniladigan, har bir kishiga manzur keladigan mazali salatlar retseptini taqdim etamiz.
Osiyocha uslubda tayyorlangan salat
Juda mazali, bir vaqtning o’zida ham yengil, ham to’yimli bo’lmish bu salat Osiyo oshxonasiga mansub bo’lib, bemalol kechki ovqat o’rnini bosa oladi.
Rukkola ko’katidan mazali salat
Rukkola va «Aysberg» salat bargi, pomidor va bodringdan tayyorlaniladigan bu salat qish faslida organizmni kerakli vitaminlar bilan oziqlantiradi. Limon sharbati va zaytun yog’ining solinishi esa uni yanada lazzatli chiqishini ta’minlaydi.
Pekin karami va tovuq filesidan tayyorlangan salat
Pekin karami va tovuq solib tayyorlangan salat – tez va oson tayyorlaniladigan salat bo’lib, asosiysi qomatingiz uchun umuman zararsiz hamdir.
Tovuq va qo’ziqorinli to’yimli salat
Bunday ko’rinishdagi mazali salat har qanday dasturxonga ko’rk berishi aniq. Bu salatni oldindan tayyorlab, bir necha soat sovutgichda saqlash ham mumkin.
Pishirilgan kartoshkadan ajoyib salat
Oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan juda oddiy, ammo juda mazali salat retseptini sizlarga ham taqdim etamiz. Bu salatga solinadigan aralashma shu darajada lazzatliki, uni bemalol boshqa salatlarga solishga ham tayyorlashingiz mumkin.
Tunets balig’i va quritilgan pomidordan salat
Tunets balig’i va pomidor qoqilardan tayyorlanilgan salat haqiqiy italyancha lazzatli yegulik hisoblanar ekan. Bu salatdagi no’xat o’rniga konservalangan loviyadan solib, 5-10 daqiqa ichida mazali salatdan tayyorlash mumkin.
Pekin karami va makkajo’xoridan tayyorlangan salat
Sabzavotlardan tayyorlangan bu salat nafaqat foydali, balki juda yengil va lazzatli ta’mda chiqadi. Bunday salat har qanday go’shtli va qovurilgan taomlar bilan yaxshi kelishadi.
Kartoshka va kolbasali salat
Kartoshka va kolbasali salat — juda mazali va to’yimli yegulikdir. O’z navbatida achchiqroq bo’lib, piyoz va bodring uning qarsildoqligini ta’minlab turadi). Bu salat shuningdek juda ishtahaochar ko’rinishga ham ega. Salatga xohlagan turdagi kolbasadan ishlatishingiz mumkin.
Tovuq va qo’ziqorin solingan «sevimli» salati
«Sevimli» salati juda yengil va xushxo’r bo’lib, har qanday bayram dasturxoniga yanada fayz bag’ishlaydi. Tez tayyorlanilishi va juda tez hazm bo’lishiga esa bir qarashda ishonish qiyindir, ammo xuddi shunday.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.