Tovuq va qo’ziqorinli to’yimli salat

Tovuq va qo’ziqorinli to’yimli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday ko’rinishdagi mazali salat har qanday dasturxonga ko’rk berishi aniq. Bu salatni oldindan tayyorlab, bir necha soat sovutgichda saqlash ham mumkin.

Ta’bga qarab salatga yong’oqdan solmaslik ham mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm piyoz
250 gramm shampinyon
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1/2 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
700 gramm tovuq go'shti
4 dona tuxum
30 gramm maydalangan yong'oq
120 gramm pishloq
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
80 gramm mayonez
Qadam 1
Tugllandi

Tovaga ozroq yog' quyib qizdiramiz va yupqa to'rtburchak qilib to'g'ralgan piyozni solib qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qo'ziqorinlarni yuvib, mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Piyozning ustidan solib, olovni balandlatamiz va 5-7 daqiqa muntazam aralashtirib turib, qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qo'ziqorinlarni dimlash emas, qovurib olish juda muhim ahamiyatga ega. So'ng ustidan italyancha xushbo'y ziravorlar yarmini sepamiz, aralashtirib, alohida idishga solamiz. Tovani darrov yuvib tashlamaymiz, chunki u yana kerak bo'ladi.

Qadam 4
Tugllandi

Tuxumni yaxshilab qaynatib olamiz, sovuq suvga solib sovutamiz va qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tovuq filesini uch qismga bo'lib olamiz, tovaga ozroq yog' solib, ikkala tomonidan yaxshilab, 5 daqiqadan qovurib olamiz. Tovuqni tavsiya qilngan muddatdan uzoqroq pishirmang, aks holda quruq bo'lib qolishi mumkin.

Qadam 6
Tugllandi

Pishgan tovuq ustidan tuz va murch, qolgan italyan ziravorlari sepamiz va aralashtirib, mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Bu salatni kattaroq likopchaga, cheti ochilib-yopiladigan tort qolipi yoki stakanlarga solib, tortish mumkin. Avval tovuqni solamiz, ustidan ozroq mayonez surtib chiqamiz. So'ng qovurilgan piyoz va qo'ziqorinni solamiz, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan tuxumni sepib chiqamiz. Ustidan mayonez surtib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Sarimsoqpiyoz va pishloqni qirg'ichdan birgalikda chiqarib olamiz, ustidan 1-2 osh qoshiq mayonezdan solib, aralashtirib olamiz va salat ustidan solib, tekislab olamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Yong'oqni blender idishiga solib, maydalaymiz va salatning ustidan sepamiz. Xohishga qarab, salatni maydalangan ko'katlar bilan bezatishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm piyoz
250 gramm shampinyon
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1/2 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
700 gramm tovuq go'shti
4 dona tuxum
30 gramm maydalangan yong'oq
120 gramm pishloq
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
80 gramm mayonez
oldingi
Pishirilgan kartoshkadan ajoyib salat
keyingi
“Unutilgan” pechenyelar

Fikringiz