Limon to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Limon to’g’risida ma’lumotlar beramiz: uning foydali va zararli tomonlari, to’g’ri qo’llash, tanlash va saqlash, uning laymdan farqi va hokazo.
Limonning foydali xususiyatlari
Limon shamollashda eng birinchi yordamchi vazifasini o’taydi. Ammo bundan tashqari uning foydali xususiyatlari juda serob bo’lib, shu sababdan uni qadim zamondan ishlatib kelishgan. Shunday qilib, limonning o’ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
- limon o’zida ko’p biriktiruvchi to’qima va kislotalarni saqlab, ovqat haz qilishni yaxshilaydi;
- limon moddalar almashinuvini yaxshilaydi;
- o’zida temir moddasini saqlashi sabab ham, kamqonlikda ham foydalidir;
- limon yurak-tomir tizimini mustahkamlaydi;
- shamollash va anginada u nafaqat C guruh vitamini borligi sababidan foydalidir, balki u shamollashga qarshi samarali kurashadi;
- garmonlar muvozanatini ushlab turadi;
- immunitetni mustahkamlaydi.
Limonning zararli tomonlari
Albatta bu mevani qo’llashga qarshi ko’rsatmalar ham mavjud. Limonlardan kamroq iste’mol qilish yoki umuman cheklash kerak, agar siz:
- oshqozon yoki ichak yarasidan aziyat cheksangiz;
- sitrus mevalarga alergiyangiz bo’lsa;
- pankreatitga chalingan bo’lsangiz.
Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, limon tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Undan juda ko’p miqdorda iste’mol qilish esa qon bosimiga ham yomon ta’sir ko’rsatadi. Hamma narsaning me’yori borligini unutmang.
Limonni to’g’ri qo’llash
Shamollash vaqtida ham haddan ziyod limon iste’mol qilish mumkin emas. U oshqozon shilliq qavati va tish emaliga salbiy ta’sir ko’rsatishi sabab ham uni och qoringa iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Limon solingan bir stakan suv bu ovqatdan keyin ichsa bo’ladigan yaxshi ichimlikdir.
Limonlar yuqori haroratda foydali xususiyatlarini yo’qotadi, shu sabab ham qaynoq choyga limon solmaslik kerak, biroz sovigandan so’ng solish kerak.
Bir kunda bir necha bo’lak limondan iste’mol qilish mumkin, faqat limonni o’zini yegandan so’ng tish emaliga zarar keltirmasligi uchun og’izni chayish kerak.
Limonni to’g’ri tanlash va saqlash
Agarda siz limonni uning rangiga qarab tanlasangiz, unda buni unuting: ular hech nimadan dalolat bermaydi. Yaxshi pishgan limonlar ham och rangda bo’lishi mumkin. Ammo limon xarid qilayotganda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
- pishgan limon – qattiq va tarang bo’ladi. Agar bosib ko’rganda limon yumshoqroq bo’lsa, unda u o’tib ketgan bo’ladi. U ta’m jihatidan uncha bilinmaydi, ammo uning foydali xususiyatlari kamaygan bo’ladi;
- foydali va sersuv limonning po’sti silliq bo’ladi;
- limon ustida jigarrang chiziqlar yoki dog’lar mavjud bo’lsa, demak uni sovutgichda uzoq muddat ushlab turishgan. Bunday limonni foydasi kam, ta’mi ham achchiqroq bo’ladi.
Limonlarni sovutgichda 4-5 haftagacha konteyner yoki zip yelim xaltalarga solib saqlash mumkin. Xona haroratida esa bir haftacha yaxshi saqlanadi, so’ng esa quriy boshlaydi.
Laymmi yoki yashil limon?
Laym pishmagan limonmi yoki yo’qmi? Limonga nisbatan laym boshqacharoq hidda bo’ladi. Laym juda nordon bo’lib, uni o’zini iste’mol qilib bo’lmaydi. Hatto go’r limon ham laymdek nordon bo’lmaydi.
Pazandachilikda limonnig o’rni
Limonlardan go’shtlarni marinadlashda, jele, shirinliklar, ichimlik va pishiriqlar tayyorlashda foydalanishadi. O’zimizning limondan tayyorlaniladigan sevimli retseptlarimizni sizlarga ham eslatamiz:
- limon va apelsindan tayyorlangan «bir zumlik» murabbo juda mazali ta’mda chiqadi;
- limonli pechenyelar retsepti esa allaqachon ko’pchilikning ko’nglidan joy egalladi;
- limonli glyutensiz keks juda mayin va limon ta’miga to’yintirilgan bo’lib, salomatligiga e’tibor beruvchilar uchun ajoyib yegulik bo’la oladi.;
- limonning nordongina ta’mi bilan juda ham mazali chiqadigan pirog ham sizlarga yoqadi degan umiddamiz;
- bizlarning eng sevimli keksimiz bu albatta limon va makli keksdir.
- limon va zaytun mevasi qo’shib pishirilgan tovuqli taom ham o’zgacha ta’mi bilan ajralib turadi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.