Peshtaxtadagi qiziqarli mahsulotlar: Kamil go’shti
Bozor va supermarket peshtaxtalarida turli-xil ko’rinishda taqdim etilgan mol go’shtini topish mumkin.
«Korzinka» do’konlarida Kamil brendi ostida import qilingan mol go’shti taqdim etildi. Hozirda mol go’shtining 5 xil qismini topish mumkin, turli-xil taomlar uchun alohida qismlar. Mahsulot muzlatilgan holda sotiladi. Bu maqolamizda – Kamil go’shtining turlari, qaysi qismdan qanday taom tayyorlash mumkinligi va narxlari haqida ma’lumot beramiz.
Kamil mol go’shti
Kamil mol go’shti bu sifatli va hamyonbop mahsulot. U barcha sifat va xavfsizlik talablariga javob beradi va kerakli sertifikatlarga ega. Go’sht “Halol” standartlarida ishlab chiqariladi, va qadog’ida buni tasdiqlovchi maxsus belgiga ega.
«Korzinka» rastalarida Kamil mol go’shti muzlatilgan holda sotiladi. Go’sht 1 kg dan paketlarga qadoqlangan – paket ichidagi mahsulot va uning sifati ko’rinib turadi.
Rump steak (orqa qismdan steyk) — bu gril va tovada tayyorlash uchun mo’ljallangan steyklar uchun to’g’ri keladigan go’shtning mayin va suvli qismi. Uning ta’mi kuchli bo’lib, turli xil ziravorlar bilan ajoyib uyg’unlik yaratadi. “Rump steak” ni ham bo’laklarga bo’lib, ham rulet yoki tushonka qilib tayyorlash mumkin.
Hindquarter (son qismi) — bu ragu, tushonka yoki qovurish uchun to’g’ri keladigan, mayinligi o’rtacha meyordagi go’sht. “Hindquarter” dan karri, gulyash yoki pasta uchun qayla tayyorlash mumkin.
Topside (orqa son) — bu barcha taomlar uchun to’g’ri keladigan suvli go’sht qismi. “Topside” ni ham qovurish, ham pechda pishirish, ham dimlash, hamda qiyma qilib tayyorlash mumkin. U turli xil ziravorlar va qaylalar bilan ham yaxshi ta’m yaratadi.
Silverside (orqa oyoq pastki qismi) — bu boy go’sht ta’miga ega, mayinligi o’rtacha meyordagi go’sht qismi. Undan gulyash, tushonka yoki kotlet tayyorlash mumkin. Shuningdek, “Silverside” ni dudlash ham mumkin.
Thick flank (oyoq pastinig qalin qismi) — bu qism qovurilish yoki pishirilishidan oldin marinadlanishi kerak bo’lgan mayin go’sht. “Thick flank” dan steyk, shashlik yoki kotlet tayyorlash mumkin. Uning ta’mi va ko’rinishi ajoyib va bu taomlarga mos.
Qayerdan va qaysi narxda sotib olish mumkin
Kamil mol go’shti eksklyuziv holatda «Korzinka» supermarketi rastalarida taqdim etilgan. Yangilik taqdim etilgan do’konlar ro’yxatini mana bu yerda topish mumkin.
*Sotib olish mumkin bo’lgan do’konlar soni oshib boradi va ro’yxatga qo’shiladi.
Kamil mol go’shti, Rump steak, 1 kg ± 20 gr— 68 990 so’m.
Kamil mol go’shti, Hindquarter, 1 kg ± 20 gr — 57 990 so’m.
Kamil mol go’shti, Topside, 1 kg ± 20 gr — 68 990 so’m.
Kamil mol go’shti, Silverside, 1 kg ± 20 gr — 68 990 so’m.
Kamil mol go’shti, Thick flank, 1 kg ± 20 gr — 68 990 so’m.
Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus-tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o’zbek-tilida): t.me/korzinkauzb
Reklama huquqi asosida.