Nima tayyorlaymiz: yangi yil pishiriqlari
Zira uz bayramingiz mazali o’tishini tilab qoladi va yangi yil pishiriqlari retseptlari ro’yxatini taqdim etadi.
Zanjabilli pechenyelardan gulchambar
Zanjabilli pechenye – ommalshgan yangi yil shirinligidir. Bu pechenyeni pishirishga ijodiy yondashib, yangi yil gulchambaragini yasashni taklif qilamiz.
“Dangasa» medovik”
Sizga Medovik tortining oddiy retseptini taklif etamiz, klassikidan farqli o’laroq, u ko’rjlarni birma-bir yoyib chiqishni talab qilmaydi.
Ikki xil rangli «Stolichniy» keksi
Shirin pishiriqlarni sevuchilar, ehtimol, bolalikdagi eng mashhur lazzatlardan biri bo’lgan «Stolichniy» keksi ta’mini eslashadi.Hozir pishiriqlar tanlovi juda xilma-xil bo’lib ketganiga qaramay, ko’pchilik yana o’zlarining sevimli shirinliklarining ta’mini his qilishni istashadi.
«Maxrovoe» shirinligi
Mana bunday ko’rinishli pishiriqlar bir qarashdayoq odamni o’ziga qiziqtirib qo’yadi. Vanilli mayin biskvit va quyultirilgan sutli kremdan tashkil topgan bu shirinlik katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.
Zanjabilli xamirdan tayyorlangan shokoladli tart
Ushbu tartning noodatiyligi shunda-ki – tart barcha sevib ulgirgan zanjabilli pechenyelar bilan bezaladi. Bunday tartdan hech kim bosh tortmasligi aniq.
Rezavor mevali jemga ega shokoladli kapkeyklar
Rezavor mevali jemga va shokoladli krem-chizga ega bunday kapkeyklar bayramni ajoyib va unutilmas qila oladi.