Havas diskaunterlar peshtaxtalarida kuzgi vitaminlar
Kuzgi mahsulotlarda ko’p miqdorda vitaminlar mavjud. Tushkunlikka tushmaslik va o’zimizni sog’lom his qilish uchun biz Havas chegirmachilarga boramiz va tabiiy vitaminlardan sotib olamiz! Sizga esa nimalarni nima uchun sotib olish kerakligini aytib o’tamiz.
Shifokorga murojaat qilmasdan tabletkali vitaminlar qabul qilib, siz gipervitaminoz – tanadagi ma’lum bir vitaminning ko’payib ketishiga uchrashingiz mumkin. Bu uning yetishmasligi kabi ayanchli oqibatlarga olib keladi. Sabzavotlar va mevalar bilan esa bunday xavf mavjud emas.
C vitamini
Bu yil anorlar uchun samarali yil bo’ldi – ular supermarket javonlari va bozor peshtaxtalarini to’ldirdilar. Anor tarkibida C vitamini mavjud bo’lib, u bizning tanamizda antioksidant bo’lib ishlaydi. U infektsiyalarga qarshi kurashadi, tonusni saqlaydi va sog’lom tishlar, suyaklar va qon tomirlari uchun zarur bo’lgan kollagen ishlab chiqarishga yordam beradi.
C vitamini, shuningdek, shipovnik, oblepiha, uzum, lavlagi, limon, tuzlangan pomidor va tuzlangan karam tarkibida ham mavjud.
D vitamini
Biz D vitamini odatda quyosh nurlari ta’siridan olamiz. Tabletlangan vitaminlar organizmga singishi qiyin shuning uchun ushbu vitaminga boy yeguliklarni menyuga qo’shish yaxshidir. Bu suyaklarni mustahkamlash va kaltsiyni yaxshi singdirish uchun kerak. D vitamini ismaloq va karam, sut mahsulotlari va mol go’shti jigari, baliq – ayniqsa tunets balig’ida va tuxum sarig’ida mavjud.
O’zbekistonda yilning ko’p qismi quyoshli bo’lishiga qaramay, ushbu mahsulotlarni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak: ko’pincha biz ofislarda vaqt o’tkazamiz va kerakli miqdordagi D vitaminini ololmay qolishimiz mumkin.
Vitamin B6
Ushbu vitamin ish faoliyatini yaxshilaydi, miyaga vazifalarni yengishga yordam beradi, fikrlash jarayonini kuchaytiradi va jigar faoliyatini yaxshilaydi. Hozirgi kunda javonlarda B6 vitamini juda ko’p – birinchi navbatda, xurmo va uzum. Ularga tvorog, banan va tovuq go’shtini qo’shishingiz mumkin. B6 vitamini tanaga baxt gormoni serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi; stress bilan kurashadigan norepinefrin gormoni; va shuningdek, melatonin uyqu gormoni. Ushbu vitaminga boy ovqatlar sizning kunlik ovqatlanish ratsioningizga kiritilishi kerak, chunki B6 tezda so’riladi va tezda ajralib chiqadi – organizimingiz ularni zaxira qilib, olib qo’ya olmaydi.
A vitamini
A vitamini tanaga murakkab yog’larni eritishda, ko’rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi, kuchli antioksidant vazifasini bajaradi, immunitetni mustahkamlaydi va ovqat hazm qilish trakti, suyaklar, sochlar va terining sog’lig’ini qo’llab-quvvatlaydi. A vitamini qizil va to’q sariq sabzavotlarda mavjud bo’lgan provitamin beta-karotendan hosil bo’ladi: pomidor, sabzi, bulg’or qalampiri va oshqovoq. Bu yog’da eriydigan vitamin bo’lib, shuning uchun agar siz sabzavotlarni xom holatida iste’mol qilsangiz, vitaminlarni yaxshiroq singdirish uchun ularni yog ‘, smetana yoki qaymoq bilan aralashtirib iste’mol qiling. Aytgancha, issiqlik bilan ishlov berish jarayonida beta-karotin saqlanib qoladi, shuning uchun oshqovoqni pishiring, u bilan sho’rvalar pishiring, taomingizga sabzi va pomidor qo’shing – foydasi saqlanib qoladi.
Sink
Sink organizmning deyarli barcha hujayralarida uchraydi, u reproduktiv, asab va immun tizimlarning normal ishlashi uchun zarurdir. Ayniqsa, sink o’spirinlar uchun zarurdir, chunki ularning tanasi endi shakllanmoqda. Shu bilan birga, kattalar kundalik ratsionida sinkga boy ovqatlarni ham o’z ichiga olishi kerak: B6 vitamini singari, sink ham to’planib qolmaydi va tezda tanadan ajralib chiqadi.
U bodom, oshqovoq urug’i, ismaloq, qo’ziqorin, pishloq, yogurt va kefir, anor, parranda va dengiz maxsulotlarida uchraydi.
Temir
Temir qonni gemoglobin va kislorod bilan to’yintiradi. Anemiya, temir tanqisligi kasalliklarida biz ko’p charchoqni his qilamiz, terimiz yomonlashadi, sochlar mo’rt bo’lib qoladi – temir tanamizdagi deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Shu sababli, kunlik ovqatlanishingizga temirga boy ovqatlar: oshqovoq, lavlagi, brokkoli, dukkakli o’simliklar, tofu, mol go’shti, jigar, losos, anorlarni qo’shish juda muhimdir. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlariga C vitamini, shuningdek baliq va dengiz maxsulotlarini qo’shishni unutmang – ular bilan birga tanada temir juda tez so’riladi.
Kuz – oshxona tajribalari uchun juda yaxshi vaqt. Maxsus vitaminli salat yoki foydali vitaminli toblatma bilan tanishishga harakat qiling: u nafaqat mazali, balki foydali ham bo’ladi. Sog ‘bo’ling!
Telegram: t.me/havasuz
Facebook: fb.com/havasuz
Instagram: @havasuz
Reklama huquqi asosida