Oilaviy byudjetni qanday rejalashtirish kerak
Oilaviy yoki shaxsiy byudjetni yuritish foydali, zarur va unchalik qiyin bo’lmagan ish. Havas chegirmachilar tarmog’i bilan birgalikda sizga nima uchun, qanday buni qilish kerakligini, oilaviy moliya ustidan nazoratni o’zlashtirishga nima qanday yordam berishini aytamiz.
Nima uchun byudjetni yuritish kerak?
Ko’pchilik, oilaviy byudjetni yuritish – pulni tejashni istaganlar uchun zarur deb o’ylaydi. Biroq, bu qancha pul topishingizdan qat’iy nazar sizning mablag’laringizni nazorat qilish uchun zarurdir: moliya hisobi pulni samarali ravishda taqsimlashga yordam beradi. Byudjetni shakllantirishning aniq afzalliklari quyidagilardan iborat:
- Xarajatlar to’g’risida xabardorlik. Bu darhol ro’y bermaydi: sizga bir necha oyni taqqoslash kerak bo’ladi, ammo natijada siz biron bir joyda xarajatlarni kamaytirishingiz mumkinligini tushunishingiz yok,i aksincha, biron bir joyda qo’shimcha xarajatlar qismini qo’shishingiz mumkin.
- Nazorat. Sizda shunday hol bo’lganmi, bozorga borganingizdan keyin siz ozgina narsa sotib olgansiz, ammo pullar esa qayergadir sarf bo’lgan? To’g’ri rejalashtirish bilan bunday bo’lmaydi.
- «Xavfsizlik yostiqchasi». Hamma narsa bo’lishi mumkin – kompaniya kutilmaganda yopiladi, siz ishdan bo’shatilasiz yoki, xuddi bu yilgi kabi, pandemiya hayotga o’z tuzatishlarini kiritadi.
- Intizom. Byudjetni kiritish intizom va aqlli iste’mol uchun yaxshi. Bu sizga kredit yoki qarz olishdan qochishga yordam beradi.
- Rejalashtirish. Qo’lingizda tekin maslahat bilan maqsadlarni belgilashingiz mumkin. Masalan, daromad va xarajatlarga qarab, qachon ta’tilga chiqishingiz yoki uzoq vaqtdan beri orzu qilgan katta narsani sotib olishingiz mumkinligini hisoblashingiz mumkin.
- Tejash va o’ziga g’amxo’rlik qilish. Tejab bo’lmaydigan joy yo’q, ammo tejashni oshirish uchun o’zingdan hamma narsani rad etishni anglatmaydi. Ehtimol, siz kafe yoki fast-foodga borib, juda ko’p pul sarflaysiz, lekin ayni paytda o’zingizni sport bilan shug’ullanishdan cheklayapsiz? Bularning barchasini byudjetni yurita boshlaganda ko’rasiz.
Bu qanchalik qiyin?
Agar siz hech qachon oilaviy byudjetni boshqarmagan bo’lsangiz, bu avvaliga dahshatli tuyulishi mumkin. Barcha xarajatlar to’liq hisobga olinishi kerakmi yoki summalar yaxlitlanishi kerakmi? Yozuvlarni qayerda saqlash kerak – daftarda yoki qandaydir dasturda? Pulni nimaga va qayerda sarflaganingizni qanday eslab qolish mumkin?
Xavotir olmang: byudjetni saqlash odati juda tez shakllanadi va siz hamma narsani tushunib bo’lganingizdan so’ng u hatto qiziqarli bo’lib tuyiladi. Eng muhimi, unutmangki, biz hammamiz shaxsmiz va o’zingiz uchun mukammal buxgalteriya usulini topishingizga bir oydan ko’proq vaqt ketishi mumkin. Siz Google Sheets yoki Excel bilan byudjetni hisoblashni boshlashingiz mumkin, so’ngra boshqa dasturlar yoki ilovalar bilan tajriba o’tkazishingiz mumkin – ularning soni juda ko’p.
Nimadan boshlash kerak?
Byudjet daromad va xarajatlardan tashkil topganligi sababli, pul qayerdan kelib, qaerga ketishini ko’rsatadigan ro’yxat tuzishingiz kerak. Daromad bilan hamma narsa aniq: bu ish haqi, yarim kunlik ish joylari, har qanday investitsiyalar uchun foizlar yoki rejadan tashqari foyda, masalan sovg’alar. Ammo xarajat ancha murakkab. Xarajatlarning asosiy punktlari:
- ovqat;
- Kommunal xarajatlar;
- xaridlar;
- transport yoki avtomobil xarajatlari;
- sayohat yoki o’yin-kulgi.
Xarajatlarni taxminan doimiy va davriy bo’lishi mumkin. Doimiyga oziq-ovqat, transport, uyali aloqa va Internet, kommunal xizmatlar, uy-ro’zg’or buyumlari kiradi. Davriyga – ko’ngil ochish, sovg’alar, kiyim-kechak, sog’liq. Alohida punktga- kutilmagan xarajatlar va «xavfsizlik yostiqchasi» kiradi.
O’z punktlaringizni shakllantirish uchun sizga bir oz vaqt kerak bo’lishi mumkin: ovqatni kafelarga va uyda pishirishga ajratishingiz kerak, agar tez-tez sotib olsangiz «sneklar» ya’ni do’kondan sotib olinadigan yeguliklarni ham qo’shishingiz mumkin. Xaridlarni kiyim-kechak, zargarlik buyumlari yoki poyafzallarga bo’lish mumkin. Ammo doimiy ravishda bir xil miqdordagi mablag’ni sarflasangiz, kommunal xizmatlar, ijara haqi va aloqa uchun to’lashni bitta punktga kiritishingiz mumkin.
Xarajatlarni qanday rejalashtirish kerak?
Bu juda oddiy: siz bir oylik xarajatlarni rejalashtirasiz va keyin rejangizga sodiq qolishga harakat qilasiz. Ushbu xarajatlarni kamaytirish uchun byudjetni qayerdan oshirganingiz, qancha va nimalarga e’tibor berishingiz kerakligini oy natijalari ko’rsatib beradi.
Rejalashtirish sizdan ko’proq pul sarflamaslik, sizga foydali bo’lmagan «yoqimli kichik narsalar» sotib olmaslik va natijada ish haqidan bir hafta oldin qarzga botmaslik va pulsiz qolmaslik uchun zarurdir.
Rejalashtirishdan maqsad ijobiy farqni yaratishdir: oy oxirida sizda pul bo’lishi kerak.
«Xafsizlik yostiqchasi» chi?
Siz u uchun alohida ro’yxat ochishingiz yoki oy oxiridagi qoldiqdan shakllantirishingiz mumkin – bu barcha rejalashtirish singari, tajribadan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiysi, kutilmaganda ishsiz qolsangiz, yoki biron-bir kasallikka chalinib qolsangiz, sizga zudlik bilan pul kerak bo’lsa, sizni qutqaradigan o’sha «xafsizlik yostiqchasi» mavjudligi. Uning «hajmi» 3 oylik maosh yoki undan ko’proq hajmda bo’lishi mumkin, ammo eng yaxshisi olti oy davomida unga yashashingizga ishonch hosil qilishdir.
Dam olish yoki katta xarid qilish uchun sizning maqsadlaringiz va rejalaringiz alohida xarajat punkti bo’lishi mumkin. Oylik xarajatlarga asoslanib, orzuingiz uchun qancha pul ajratish mumkinligini tushunishingiz mumkin.
Nihoyat – kichik quvonchlar haqida
Xursand bo’lishni unutmang! Shaxsiy xarajatlar uchun ma’lum miqdorni ajrating: bu siz va turmush o’rtog’ingiz uchun bir xil bo’lishi kerak. Siz pul sarflaysizmi yoki yo’qmi, muhim emas, asosiysi bu miqdordan oshmaslikdir.
Byudjetni rejalashtirish nafaqat daromad va xarajatlardan iborat. Bu o’zingiz va oilaviy munosabatlaringiz ustida ishlashdir. Yaqinlaringiz bilan suhbatlashing, ular sizga yordam berishi yoki qo’llab-quvvatlashi mumkin. Bu faoliyatdan yarim yo’lda voz kechmaslik uchun sabr-toqatli bo’ling, tajriba qiling va siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz!
Maqolani tayyorlashda yordam bergani uchun biz Havas diskaunter-tarmog’iga minnatdorchilik bildiramiz.
Telegram: t.me/havasuz
Facebook: fb.com/havasuz
Instagram: @havasuz
Reklama huquqi asosida