Qish mavsumi uchun yeguliklar tayyorlaymiz
Yoz bu qishga har xil yeguliklardan tayyorlash mavsumi va bu hech kim uchun yangilik emas. Shunday ekan Zira uz qish mavsumi uchun tayyorlab qo’ysa bo’ladigan yeguliklar ro’yxatini taqdim etadi.
Qishga salat: pomidorli qaylada pishirilgan baqlajonlar
Baqlajonli salat qishga yopib qo’yishga ajoyib retsept hisoblanadi. Baqlajon va pomidorlarning uyg’unligi esa ajoyib ta’mni kasb etadi.
Uyda tayyorlanilgan lecho
Lecho – yorqin ko’rinishga ega, yozda pishadigan barcha mazali sabzavotlarni o’zida mujassam etgan yegulik hisoblanadi. Lechoni issiq non bilan yeyish, ovqatlarga qo’shimcha gazak sifatida tortish mumkin.
Qishga sabzavotli aralashmalarni muzlatib qo’yish
Muzlatilgan sabzavotlar qish faslida mazali taomlardan bahramand bo’lish uchun ajoyib yegulik sanaladi. Muzlatish jarayonida sabzavotlardagi vitaminlar va minerallar saqlanib qolib, ta’mini ham o’zgartirmaydi. Paketga solingan sabzavotlarni muzlatgichdan olasiz va qozonga solasiz, qarabsizki mazali taom tayyor.
«Tayyor sotuvdagidek ta’mli» qovoqchali ikra
Qovoqchali ikra – qishga g’amlab qo’yish uchun ajoyib yegulik, u huddi sotuvdagidek mazali chiqishi uchun faqatgina retseptga rioya qilinsa bo’lgani.
Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlanilgan qayla
Baqlajon va qizil bulg’or qalampirlaridan tayyorlaniladigan bunday qayla, quyuq bo’lib, go’shtli taomlar bilan iste’mol qilishga juda yaxshi.
Baqlajonli ikra
Baqlajonli ikra ko’pchilikning eng sevimli yeguliklaridan biri bo’lib, deyarli hamma uni qishga yopib qo’yishga harakat qiladi. Baqlajonli ikraning eng ishonchli, shu bilan birga mazali retseptini taqdim etamiz.
Yong’oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli aralashma (miks)
Sovuq qish faslida immunitetni ko’tarib, viruslarga qarshi kurashuvchanlikni oshirishda yong’oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli «koktel» yordam beradi.