Kunni qanday rejalashtirish kerak
Kunni to’g’ri rejalashtirib, shu bilan birga kun oxirida charchoqdan azoblanmaslik hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Keling, nima uchun bu juda qiyinligini va qanday qilib ishlar ro’yxatini to’g’ri tuzish kerakligini bilib olaylik.
Rejalashtirish – sinab ko’rish va xatolar usuli
Har bir inson har xil, shuning uchun sizga mos keladigan rejalashtirish usulini tezda topish mumkin emas. Agar siz ertalab o’zingizni charchagan his qilsangiz, kechqurun esa aksincha energiyaga to’la bo’lsangiz, ertalab murakkab ishlarni bajarish usuli sizga to’g’ri kelmaydi.
Qaysi usul «sizniki» ekanligini tushunish uchun ko’p usullarni sinab ko’rishingiz kerak bo’ladi. Asosiysi, vaqtni qanday boshqarishni o’rganishni chindan ham xohlash. Darhaqiqat, ko’pincha o’z vaqtimizni to’g’ri rejalashtirmaganimizdan yaqinlarimiz azob chekishadi.
Biz tongni dam olishdan boshlaymiz
«Tong hech qachon xayrli bo’lmaydi» degan umumiy iborani eslaysizmi? Bo’lib turadi! Tong har doim bir xil, faqat sizning munosabatingiz unga ta’sir qiladi. Erta tongni samarali qilish uchun nima qilish kerak?
- O’zingizga bir oz vaqt ajrating: yotoqda yotganingizda yaxshilab cho’ziling, bir stakan suv iching, o’zingizga g’amxo’rlik qiling, hatto o’zingiz buni hohlamasangiz ham – teringiz sizdan minnatdor bo’ladi.
- Mazali va sog’lom nonushta tayyorlang: agar ertalab faqatgina qahva tayyorlashga yetarli kuchingiz bo’lsa, nonushtani kechqurun tayyorlang – bankadagu suli yormasi, sirniklar, sendvich uchun masalliqlarni oldindan kesib oling.
- Ertalabdan ishlaringiz haqida o’ylamang. Yaqinlaringiz bilan suhbatlashing yoki bir piyola qahva yoki choydan zavqlanib sokinlikka beriling, qiziqarli kitobning bir necha sahifasini o’qing, bu lahzaning xotirjamligini his eting.
Qattiq tizimmi yoki ijodkorlikmi?
Ko’pincha biz kun davomida nima qilishimiz kerakligini eslashga harakat qilamiz va keyin biz nimanidir unutganligimiz tufayli azoblanamiz. Tanish holatmi? Bunga yo’l qo’ymaslik uchun kundalik tutishni boshlang.
- O’zingizga yoqadigan kundalikni tanlang: minimalistlar uchun – oddiy va jiddiy, ijodiy odamlar uchun – yorqin va rang-barang.
- Ish rejasini qanday qayd etish haqida o’ylang. Bu qisqa ishlar ro’yxati bo’ladimi yoki har bir vazifani batafsil bayon qilishni xohlaysizmi?
- Sizning tanlovingiz o’zgarsa, tashvishlanmang – vaqt o’tishi bilan siz o’zingizning uchun ish bermaydigan usullarni yo’qotib, faqat ish beradigan usullarga ega tizimni hosil qilasiz.
- Fantaziyangizni ishlatishdan cho’chimang. Agar siz kundalikingizni stikerlar yoki chizmalar bilan bezashni xohlasangiz, buni bajaring. Asosiysi, u bilan ishlash siz uchun yoqimli bo’lishi kerak.
Keling, rejalashtirishni boshlaymiz!
Biz sizga g’oyalarni taklif qilamiz – sinab ko’ring, tajriba o’tkazing va o’zingizdan yangi usullar qo’shing. Va keyin siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz!
- Kun uchun eng muhim va qiyin vazifalarni ajratib oling va ularni mayda va sodda qismlarga ajratib oling – shu tarzda siz miyani «aldaysiz» va vazifani keyinroqqa qoldirishga hojat bo’lmaydi.
- Kechqurun ishlar ro’yxatini tuzing. Birinchidan, uxlashn osonlashadi – ertangi kun uchun vazifalarni miyyangizdan o’tkazavermaysiz. Ikkinchidan, ertalab biz dam olamiz va kunni tabassum bilan boshlaymiz va ishlar haqida o’ylamaymiz, eslaysizmi?
- Tugallangan vazifa ustidan darhol chizib tashlang – bu ajoyib motivator! Agar siz qiyin vaziyatni bir necha nuqtaga ajratib qo’ysangiz, unda ular ustidan chizib ashlaganingizda, siz mamnunlikni his qilasiz va kun yakunida qancha ko’p ishlar qilganingizni ko’rasiz.
- Ishlarni uch toifaga ajrating: muhim va shoshilinch, shoshilinch emas va kechiktirilishi mumkin bo’lgan ishlar. Albatta, birinchi navbatda biz shoshilinch vazifalarni bajaramiz, shundan keyingina qolganlarini o’z zimmamizga olamiz.
- Ro’yxatga dam olishni ham kiriting: har soatdan keyin 10 daqiqa dam olish sizni yanada samarali qiladi. Faqat bu dam olishni telefoningizga sarflamang! Cho’ziling, deraza yoniga boring, havo oling.
- Realist bo’ling. Vazifalar ro’yxatiga bir kun davomida bir nechta qiyin vazifalarni qo’shmang. Ularning shoshilinchligini baholang va eng muhimi bilan shug’ullaning.
- Agar sizda biror narsa o’xshamasa, tushkunlikka tushmang. Hamma narsa qo’ldan chiqib ketadigan kunlar bor. Biz butunlay ishga layoqatsiz bo’lgan kunlar ham bor. O’zingizni tushunishni o’rganing va biron bir ishni bajarish yoki tugatish uchun vaqtingiz bo’lmasa, o’zingizni ayblamang.
- O’zingizni maqtang. Qiyin vazifani tugatdingizmi? O’zingizni mukofotlang! Bir stakan sevimli ichimlik, yangi manikyur yoki ochiq havoda sayohat, bir bo’lak tort- siz bunga loyiqsiz.
- To’xtamang. O’zingizning ro’yxatlaringizni yaxshilang, yangi usullarni qidirib toping – ba’zi ishlarni bajarish tizimi siz uchun hozirgi holatdan ko’ra ancha qulay bo’lishi ehtimoli doimo mavjud.