Qanday qilib mazali toblatma pishirish mumkin. 7 ta retsept
Toblatma – bu butun oila uchun ajoyib taom. Turli xil toblatmalarni nonushta, tushlik, kechki ovqat va hatto desert sifatida tortish mumkin.
Aslida, toblatma qolipiga solib, pechda pishiradigan har qanday taom – bu toblatma hisoblanadi. Ammo agar siz sinalgan retseptlar bo’yicha tayyorlashni istasangiz, unda bizning ushbu ro’yxatimiz sizga qo’l keladi.
Makaronli mini-toblatmalar
Makarondan tayyorlangan toblatma – taomnomaningizni boyitishning ajoyib usuli. Qolaversa bunday taomni bolalar ham sevib iste’mol qilishadi.
Sendvich-toblatma
Mayin qarsildoq xamir, sersuv asos va xushbo’y pishloq katta va kichikka birdek yoqishi aniq.
Uni ertalab nonushtaga tayyorlashingiz, yoki kechqurun tayyorlab, ertalab gaz pechida isitib, dasturxonga tortishingiz mumkin.
Lavashdan qilingan toblatma
Agar taom tayyorlashga ortiqcha vaqtingiz bo’lmasa, ushbu toblatma sizga as qotishi aniq.
Kartoshka va qo’ziqorinli toblatma
Kartoshka va qo’ziqorin solib pishiriladigan toblatma juda to’yimli va mazali taomdir.
Tvorog va rezavor mevalardan tayyorlanilgan toblatma
Ortiqcha vazn yig’dirmaydigan shirin toblatmaga nima deysiz? Uni albatta tayyorlab ko’ring.
Qovoqcha va tovuq go’shtidan pishirilgan toblatma
Tez tayyor bo’ladigan foydali va mazali taomlarni yoqtirasizmi? Unda ushbu taom siz uchun. Tovuq go’shti va qovoqchalardan tayyorlaniladigan bu toblatmani qanday bo’lsa shundayligicha, hech qanday o’zgartirishlar kiritmasdan tayyorlab ko’ring. Mayin ta’mli va yengil taomga ega bo’lasiz.
Frikadelkali toblatma
Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta’mda bo’lib, to’yimli tushlik yoki kechki taom bo’la oladi.