Mazali va tez: Nesquik kakao ichimlikining foydasi nimada?
Karantin kunlarida, butun oila uyda bo’lganida, kunning boshida oilaviy nonushta alohida o’rin tutadi. Ularga mazali va foydali qo’shimcha kakao bo’la oladi, u nafaqat sizni quvontiradi, balki butun kunga organizimingizni quvvatlantiradi.
Mineral qo’shimchalar va vitaminlar bilan boyitilgan Nesquik kakao ichimliklari ham bolalar, ham kattalarga birdek yoqadi. Oziqlantiruvchi va yoqimli shokoladli ichimlik energiya beradi, tanani uyg’onishiga va hayotning kunlik ritmiga qo’shilishiga yordam beradi.
Biz Zira.uz tahririyatida ushbu ajoyib ichimlikni yaxshi ko’ramiz, shuning uchun siz bilan kakaoning foydali xususiyatlari bilan o’rtoqlashamiz.
Nesquikning bir nechta afzalliklari bor, ularning asosiylari tayyorlanishi tezligi va tabiiy ingredientlardir. Shubhasiz, kakaoning bir qismi bo’lgan maxsus Opti-Start kompleksi barcha onalarni xursand qiladi. Bu kakaoni nafaqat mazali, balki foydali qiladi.
“Mening bolalarim sut mahsulotlarini iste’mol qilmaydi, lekin ular kakao ichishni yaxshi ko’radilar. Nesquik menga bolalarga sutni qanday ichishni o’rgatishimga yordam beradi va uni tayyorlashga ko’p vaqt talab qilinmaydi «, dedi uch farzandning onasi Shahlo.
Nesquik kakao ichimliklar uni tashkil etadigan minerallar va vitaminlar tufayli immunitetni oshiradi. Uning tarkibiga rux, fosfor, temir, kaltsiy, shuningdek D, B, B12, B1, A, S vitaminlari kiradi. Bunday vitaminlar immunitet tizimini, suyak to’qimalari va mushaklarini mustahkamlaydi.
“O»g’illarim 3 yoshidan, ularga Nesquik kakaosini berishni boshladim. To’rt yildan beri shokoladli ichimliklarsiz nonushta to’liq bo’lmaydi. O’g’illarim uni juda yaxshi ko’rishadi. Nesquikda menga bola tanasining rivojlanishiga yordam beradigan vitaminlar majmuasi borligi yoqadi, – dedi Samirning egizak onasi.
Ichimlik o’zi bolalar uchun yaratilgan, shuning uchun u xavfsiz va xalqaro standartlarga javob beradi. Kakaoning shokoladli ta’mi onalarimizga bolalariga faqat ijobiy his-tuyg’ularni qoldirib, sut ichishni o’rgatishlariga yordam beradi. Nesquik kayfiyatni yaxshilaydi, miya faoliyatini rag’batlantiradi va kakao tarkibidagi teobromin tufayli charchoqni ketkazadi.
«Mening qizim besh yoshda. Taxminan ikki yil oldin, biz u bilan birga oziq-ovqat do’koniga bordik, u yerda u chizilgan Kviki quyoni bilan yorqin sariq paketni ko’rdi. Sinov uchun bitta qadog’ini oldik. O’shandan beri, qizim bilan birga biz ertalab sevimli Nesquik kakaosini ichamiz. U juda yaxshi quvvatlantiradi va jonlantiradi ”, dedi maftunkor qizining onasi Madina.
An’anaviy Nesquik kakao kukuni ichimlik ishlab chiqaruvchining qadoqdagi ko’rsatmalariga binoan tayyorlanadi. Siz bir stakan sut olishingiz kerak, ichiga ikki choy qoshiq kakao kukuni qo’shing va to’liq eritmaguncha aralashtiring. Va darhol ajoyib ta’m va yoqimli hiddan zavqlaning.
Tayyor kakao ichimlikiga turli xil qo’shimchalar qo’shiladi. Siz rangli zefir yoki marshmello qo’shishingiz, bir necha tilim shokoladni maydalashingiz yoki doljin sepishingiz mumkin. Oddiy sutni jo’xori, soya va kokos suti bilan almashtirishingiz mumkin. Bunday usulga tayyorlangan kakao g’ayrioddiy va tropik ta’mga ega bo’ladi, shuning uchun u barchani hayratda qoldiradi.
Nesquik kakao kukuni bo’tqa va pishiriqlar bilan yaxshi ketadi. U tufayli har qanday nonushta yanada mazali bo’ladi va agar bolalarning sevimli qahramoni Kviki quyoni bo’lsa, bolalar bilan ovqatlanish quvnoq bo’ladi.
Nesquik kakao ichimlikini barcha savdo bozorlaridan, Makro va korzinka.uz do’konlaridan sotib olish mumkin. Narxi hajmiga qarab 1000 dan 30 000 so’mgacha.
Nestle Uzbekistan bilan hamkorlikda tayyorlangan material.
reklama xuquqi ostida.