Foydali suli yormasidan 6 xil taom
Suli yormasidan tayyorlangan taomlar – bu butun kun tanangizga quvvat bag’ishlaydigan uglevod hisoblanadi. Ammo suli yormasidan zerikarli bo’tqadan tashqari, yana juda ko’p qiziqarli va mazali taomlar tayyorlash mumkin.
Suli parchalaridan tayyorlanilgan kam kaloriyali pankeyklar
Agar nonushtaga mazali pankeyklar iste’mol qilishni istasangiz-u, ammo qomatingizdan xavotir olayotgan bo’lsangiz, unda suli unidan tayyorlangan ushbu mazali pankeyklarni tayyorlashingiz mumkin. Ularning kaloriyasi anchagina past va qolaversa foydali.
Qulupnay va suli yormasidan tayyorlanilgan smuzi
Smuzi – to’yintiradigan eng mazali kokteyllardan biridir. Shuning uchun uni suli yormasi va mavsumiy mevalar bilan bemalol tayyorlashingiz mumkin.
Suli yormasi va sabzidan qilingan keks
Tayyorlanishi juda osson bo’lgan, suli yormasi va sabzidan tayyorlangan shirin va xushbo’y keks.
Foydali nonushta – bankadagi mazali suli yormasi
Tez tayyorlangan taom foydali bo’la olmaydi deb, kim aytdi?
Erinchoq suli yormasi – tez tayyorlanadiga ajoyib, foydali nonushta. Uni tayyorlashda sizga, hatto, gazga kelishning ham keragi bo’lmaydi. Faqatgina barcha mahsulotlarni olib, bankaga solib, tunga muzlatgichga solib qo’yish kerak bo’ladi holos.
Suli yormasi va asalli pechenyelar
Xushbo’y, usti qarsildoq, ichi esa yumshoq ajoyib pechenyelar. Bir finjon choy yoki qahva uchun ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.
Suli parchasi va banandan tayyorlangan vafli
Nonushta yoki qo’shimcha taom uchun suli parchasi va banandan tayyorlangan vafli pishirishni tavsiya etamiz.
Ularni o’zini yoki mevali qayla yoki smetana bilan iste’mol qilishingiz mumkin.