Uyda tayyorlaymiz: 30 daqiqada tayyor bo’ladigan desertlar
Barchamiz shirinlikni yoqtiramiz, ammo ko’pchilik desert tayyorlash uchun ko’p vaqt va kuch ketadi deb o’ylaydi. Lekin bu noto’g’ri! 20-30 daqiqa ichida tayyorlasa bo’ladigan ko’plab retseptlar mavjuda.
Tvorog-smetanali toblatma
Bunday shirinlikning bir qoshiqqina yesangiz bas, uning ta’mini bir umrga eslab qolishingiz aniq.
«Twix» shokoladi
Bu shirinlik katta-yu kichikka birdek manzur kelishi aniqdir, chunki uning ta’mi haqiqiy «twix» dan umuman farq qilmaydi.
Qaymoqli suzmadan tayyorlangan tiramisu
Ushbu tiramisuning kremi uchun qaymoqli suzmadan foydalanilsa, ta’mi juda mayin va yoqimli bo’lib chiqadi.
Ispancha «Crema Catalana» suflesi
Balki siz bunday shirinlikni tayyorlash mushkul ish deb o’ylarsiz. Ammo unday emas, bu mashg’ulotda eng qiyini uning sovishini kutish hisoblanadi.
Mikroto’lqinli pechda shokoladli pudding tayyorlash
Uyda tayyorlaniladigan puddinglarni gaz plitasida pishirsak tagini tez-tez kovlab turishga to’g’ri keladi. Aks holda bir pastda tagini oldirib qo’yish hech gap emas. Mikroto’lqinli pechda tayyorlanilgan pudding ham juda mazali chiqadi.
Tvorogli desert
Ushbu desert shu darajada mayin chiqadiki, uning tarkibida tvorog mavjudigini sezmaysiz ham. Bu shirinlikka xohlagan meva yoki yong’oqlaringizdan qo’shib, yangicha ta’mlarga ega bo’lavering.
Bananli pudding
Juda ham tez tayyor bo’ladigan bu shirinlik, kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishganda ayni muddao. Bolajonlaringiz uchun bundanda mazali shirinlik tayyorlay olmaysiz, ishonavering!