Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda shokoladli pudding tayyorlash

Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda shokoladli pudding tayyorlash

Masalliqlar:

  • Ko'pirtirilgan qaymoq uchun:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga mikroto’lqinli pechda tayyorlaniladigan shokoladli pudding retseptini videoretsept ko’rinishida taqdim etamiz.

Uyda tayyorlaniladigan puddinglarni gaz plitasida pishirsak tagini tez-tez kovlab turishga to’g’ri keladi. Aks holda bir pastda tagini oldirib qo’yish hech gap emas. Mikroto’lqinli pechda tayyorlanilgan pudding ham juda mazali chiqadi.

Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 22 000 so’m pul sarflaniladi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi. 

Masalliqlar:

100 gramm shakar
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
2 osh qoshiq kakao
bir chimdim tuz tuz
600 millilitr sut
3 ta tuxum sarig'i
100 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad
2 osh qoshiq sariyog'
1 choy qoshiq vanil shakari
Ko'pirtirilgan qaymoq uchun:
200 gramm qaymoq
2 choy qoshiq shakar
ozroq vanilin
Qadam 1
Tugllandi

Mikroto'lqinli pechga chidamli tog'orachaga shakar, kraxmal, tuz va kakaoni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Ustidan 120 millilitr sut solib aralashtirib olamiz. Yaxshilab aralashtirib, tuxum sarig'ini solamiz. So'ng qolgan sutni qolganini solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz va ustini bir joyini teshib qo'yamiz, bunda undan bug' chiqib ketadi. Yoki likopcha bilan yoping.

Qadam 4
Tugllandi

Mikroto'lqinli pechga qo'yib, 3 daqiqa pishirib olamiz. So'ng olib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Yana ustini pelyonka bilan yopib, 1 daqiqa mikroto'lqinli pechda pishiramiz, so'ng olib aralashtiramiz.

Aralashmani endi 30 soniyaga qo'yamiz, so'ng olib aralashtiramiz.
Puding quyuqlashguniga qadar, shu tariqa pishiraveramiz. Ustida ko'piklar paydo bo'lib, chetlari sal oqarsa, demak puding tayyor hisoblanadi.

Qadam 6
Tugllandi

Puding quyuqlashgandan so'ng, shokoladli tomchilar, sariyog' va vanilindan solamiz. Agar sizda shokoladli tomchilar bo'lmasa, unda shokoladli plitkani olib, maydalab keyin solamiz. Puding sovimasdan yaxhsilab aralashtirib olish kerak, chunki sariyog' bilan shokolad yaxshilab erishi shart.

Qadam 7
Tugllandi

Pudingni kichikroq qolipchalarga solamiz, xona haroratida soviganidan keyin esa olib, sovutgichga qo'yamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Puding sovuguniga qadar qaymoqni ko'pirtirib olamiz. Bunda qaymoqqa shakar solamiz va mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Pudinglarni tortayotganda, ustiga ko'pirtirilgan qaymoqdan solib, birga iste'mol qilamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 gramm shakar
3 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
2 osh qoshiq kakao
bir chimdim tuz tuz
600 millilitr sut
3 ta tuxum sarig'i
100 gramm shokoladli tomchilar yoki oddiy shokolad
2 osh qoshiq sariyog'
1 choy qoshiq vanil shakari
Ko'pirtirilgan qaymoq uchun:
200 gramm qaymoq
2 choy qoshiq shakar
ozroq vanilin
oldingi
Videoretsept: Banan va shokoladli pirog
keyingi
Olxo’ri solingan tvorogli galeta

Fikringiz