Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Borges zaytun mevalari
Yaqinda Borges brendidan zaytun va zaytun mevasini sotib oldik. Sizga nima uchun ularni sinab ko’rish kerakligini va ularni boshqa shunga o’xshash mahsulotlardan nima ajratib turishini aytib beramiz.
Taassurotlarimiz bilan o’rtoqlashamiz
Zaytun va zaytun mevalari ni hamma ham yoqtiravermaydi. Shunga qaramay, qiziq bir fakt bor: hech qachon bunday mevalarni sevmaganlar yoshi kotta bo’lgani sari ularni tanovvul qila boshlashgan. Ehtimol, siz ham ushbu mazali gazakni sevib, qilishini boshlarsiz.
Biz Borges zaytunining 4 xil turini sotib oldik: danakli zaytun, danaksiz zaytun, oddiy zaytun va ichi qalampir bilan to’ldirilgan zaytun. Zaytunni chin dildan sevadiganlar ichi qalampir bilan to’ldirilgan zaytunni yoqtirishdi. Boshqalar zaytunni ta’miga qarab baxo berishdi. Oddiy zaytun hammaga yoqdi va agar siz bundan keyin ham Borges mahsulotlarini sotib olasizmi, deb so’rasangiz, biz aniq javob beramiz: ha, shubhasiz!
Qadoqi
Barcha zaytunlar 230 grammlik shisha idishlarga qadoqlangan. Idishni ochish uchun siz biroz harakat qilishingiz kerak bo’ladi; qopqog’ini ochis uchun unga ozgina bosish kerak bo’ladi.
Yorliqda mevasi, ta’mi va tuz miqdori haqida ma’lumot berilgan.
Ta’mi
Zaytunning ta’mi nimaga o’xshaydi? Ehtimol, tuzlangan pomidor va sarimsoqning aralashmasi. Ular go’shtli, suvli, juda xushbo’y, qiziqarli gul hidiga ega. Biz barchaga zaytunni tatib ko’rishni maslahat beramiz – kim biladi, balki ular sizning eng sevimli taomingizga aylanar?
Bizning zaytunimizga kelsak: danaksiz zaytunlar – yumshoq va neytral ta’mga efa. Ular juda sho’r emas, yorqin va juda mazali. Zaytunning o’zi o’rtacha kattalikda bo’lib, hech qanday yoriqlarsiz, butun. Biz sotib olgan idishdan yarimta yoki zaytun bo’lakri chiqamdi. Ushbu zaytunlar salatlar va gazaklar uchun mos keladi.
Zaytun ta’mi aniqroq, baxmalga o’xshaydi, ozgina achchiqligi bor. Bizga danakli zaytunni ko’proq yoqdi: ular suvli va ta’m bizga to’yingan va yorqin bo’lib tuyuldi. Albatta, salatlar uchun danaksiz zaytunlar ko’proq mos keladi, lekin agar siz ularni gazak sifatida o’zini stolga qo’ymoqchi bo’lsangiz, unda danaklisini tanlang.
Eng xushbo’y va to’yingan ta’m egasi – bu qalampirli zaytun. Ular juda yumshoq va tuzli bo’lib, shirin qalampir ularning ta’mini yaxshilaydi. Ularda achchiqlik oddiy zaytun mevalariga qaraganda kuchliroq seziladi. Umuman olganda, bu zaytunning ta’mi juda g’ayrioddiy va qiziqarli, ammo zaytun mevasi bilan tanishuvni uning ushbu turidan boshlashni tavsiya etmaymiz.
Tarkibi
Danaksiz zaytun: suv, Oxiblanka zaytuni, natriy xlorid, temir, glyukonat.
Qalampir to’ldirilgan zaytun: suv, Manzanilla zaytuni, 6% shirin qalampir (99% qalampir, natriy alginat), tuz, monosodyum glutamat, limon va sutlo kislotalar, askorbin kislotasi.
Danakli zaytunlar: suv, Manzanilla zaytun, tuz, monosodyum glutamat, limon va sut kislotalari, askorbin kislotasi.
Qancha va qayerdan sotib olish kerak
Biz Korzinka.uz supermarketlar tarmog’ida Borges-dan zaytunni quyidagi narxlarda sotib oldik:
Danaksiz zaytun 230 gr – 19 590 so’m
Danakli zaytun 230 gr – 19 490 so’m
Qalampirri zaytun 230 gr – 20 590 000 so’m