Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Käser» pishloqlari
Bizlar butun tahririryatimiz bilan sut mahsulotlari, ayniqsa, pishloqlarni sevib iste’mol qilamiz. Va ulardan tez-tez har xil yeguliklar tayyorlaymiz.
Shu sababli sut mahsulotlari sotiladigan peshtaxtalardan u-bu pishloqni xarid qilmasdan o’ta olmadik. Shu safar ham xuddi shunday bo’ldi. Nemischadan «pishloqpaz» deb tarjima qilinuvchi «Käser» pishloqlari ham diqqatimizni tortdi va ulardan xarid qildik.
Hozirgi kunda «Käser» pishloqlarining 4 xili ishlab chiqarilayotgan bo’lib, ular quyidagilardir:
- Qaymoqli
- «Rossiyskiy viderjanniy»
- Gauda new
- Tilsiter new
Bizlar ularning har biridan ta’tib ko’rishga qaror qildik va taassurotlarimizni albatta sizlar bilan bo’lishamiz.
Ta’mi
“Qaymoqli” pishlog’i
Yarim qattiq hisoblanmish qaymoqli pishlog’ining mayin ta’mi bizlarga juda yoqdi. Yog’lilik darajasining 55 % ligiga qaramasdan ta’mi juda nafis bo’lib, undan sut va qaymoq ta’mlari ufurib turadi. Kundalik turmush va bayram dasturxonlari uchun ishlatishga juda qo’l keladi.
“Rossiyskiy viderjanniy” pishlog’i
Bu pishloqning ta’mi ko’proq mazali bo’lib, teshikchalari ham katta-katta ekan. Pishloq yetarlicha yog’li va sho’rroq bo’lib, ta’mi bizlarga juda yoqdi.
“Gouda new” pishlog’i
Bu pishloqdan Gouda pishloqlariga xos bo’lmish ozroq sigir sutining ta’mi kelib turadi. Pishloq yumshoq va silliq ko’rinishda bo’lib, ta’mi ham ozroq sho’rroq ta’mda.
“Tilsiter new” pishlog’i
Bu pishloq qattiqroq bo’lib, asosan salatlar, pasta va buterbrodlar tayyorlashda qo’l keladi.
Bizlar pishloqlarning sifati va ta’midan juda mamnun bo’ldik.
Pishloq – nonushta va ko’pgina yeguliklar tayyorlashda kerak bo’ladigan universal mahsulotlardan biri bo’lib, uning yordamida bir taomga umuman boshqacha ta’m bag’ishlashi mumkin.
Quyida bizlar pishloqli eng mazali retseptlarimizni sizlarga ham taqdim etamiz:
Tovuq va pishloqli shnitsellar
Tarkibi
Shuningdek, pishloqning tabiiy tarkibi bizlarni rosa quvontirdi: sut, achitqi va osh tuzi.
Qancha narxga xarid qilish mumkin
«Käser» brendi ostidagi pishloqni Makro tarmog’idagi supermarketlar va boshqa savdo shaxobchalaridan topish mumkin.
Makro tarmog’idagi supermarketlarda pishloqni quyidagi narxlarda xarid qilish mumkin:
- yog’liligi 55 % li pishloq – 71 990 so’m 1 kilosi
- yog’liligi 60 % li pishloq – 72 990 so’m 1 kilosi
Rasmiy sahifasi Käser в Facebook
Reklama huquqi asosida.