Nima uchun rang-barang meva va sabzavotlardan iste’mol qilish lozim
Kundalik turmush tarizda meva va sabzavotlarning foydali ta’siri hammaga tanish. Ammo ko’pchilik ularning rangi ham katta ahamiyatga bog’liq ekanligini bilishmaydi. Gap shundaki, bir xil tusli meva va sabzavotlar o’zida o’xshash fitonutriyentlarni saqlaydi.
Fitonutriyentlar – bu biologik faol komponentlar guruhi bo’lib, ular meva va sabzavotlarga o’ziga xos rang, ta’m berib, kasalliklarga qarshi chidamlilikni oshiradi. Fitonutriyentlarning organizmga ta’siri ham xuddi vitamin va mikroelementlarga o’xshab ketadi. Shu sababdan ham taomnomangizni foydali mahsulotlar bilan boyitishni istasangiz, unda har xil rangli meva va sabzavotlardan iste’mol qiling.
Kelinglar, har bir tabiiy pigmentlarning inson organizmiga ta’sirini qisqacha bilib olamiz.
Likopin – qizil pigment
Likopin – bu juda kuchli antioksidant bo’lib, hujayralarni nobud bo’lishini oldini olib, yoshlik va go’zallikni uzoq yillargacha saqlaydi. Shuningdek, qizil rangli sabzavotlardan ko’proq iste’mol qilish saraton kasalligining sezilarli darajada kamaytiradi.
Кo’proq likopin moddasini o’zida saqlovchi mahsulotlarga quyidagilar kiradi: qizil bulg’or qalampiri, pomidor, olma, anor, olcha, tarvuz va boshqalar.
Beta-karotin – sariq va to’q sariq pigment
Beta-karotin – organizm to’qimalarini saraton kasalliklari va yurak-tomir kasalliklarini chaqiruvchi radikallar ta’siridan himoya qiladi. Shuningdek quyosh kuyishini oldini olib, ko’rish qobiliyatini yaxshilab, immunitetni mustahkamlaydi.
Beta-karotinga boy mahsulotlarga sabzi, sariq rangli bulg’or qalampiri, qovoq, apelsin, makkajo’xori, shaftoli, limon va boshqalar kiradi.
Xlorofill – yashil pigment
Xlorofill – ham saraton kasalliklariga qarshi ta’sirga ega bo’lib, organizmni xavfli toksinlar va shlaklardan himoyalab, ovqat hazm qilishdagi noxush hidlarni yo’qotishga yordam beradi.
Xlorofill moddasi ko’proq brokkoli, kivi, bodring, yashil olma, uzum, avokado va boshqa sabzavotlar tarkibida bo’ladi.
Antaksantin – oq pigment
Antaksantin – trombozlarga qarshi ta’sirga ega bo’lib, xolesterinning miqdorini kamaytirib, xotirani yaxshilaydi va immunitetni ham oshiradi.
Antaksantinga boy mahsulotlarga sarimsoq piyoz, zanjabil, banan, qo’ziqorin, piyoz, gulkaram va kartoshka kiradi.
Аntosianin – och ko’k, qora va binafsharang
Аntosianin xotirani yaxshilab, jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, xolesterin va qon bosimini pasaytirib, oshqozon saratoni kasalligi va yurak xastaligi xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga ko’rish qobilyatini yaxshilab, immunitteni ko’taradi.
Baqlajon, uzum, olxo’ri, anjirgolubika va maymunjonlar antosianin moddasiga boy hisoblanadi.
Ranglar palitrasi
JSST (Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) ma’lumotlariga ko’ra, inson yetarlicha kletchatka va fitonutriyentlarni qabul qilishi uchun har kuni 400 gramm atrofida meva va sabzavotlardan iste’mol qilib turishi lozim.
Bekorga bizning Vatanga Xudoning nazari tushgan o’lka deya ta’rif berishmaydi. Chunki bizning bozor rastalari yil bo’yi rang-barang ho’l meva va sabzavotlar bilan to’lib turadi. Shu sababdan ham taomnomani bunday tabiiy mahsulotlar bilan boyitish unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.
Iloji boricha o’zingiz va yaqinlaringizning sog’ligi haqida g’amxo’rlik qiling. Ko’proq ho’l meva va sabzavotlardan iste’mol qilib turing va albatta o’zingizni asrang!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.