Immunitetni qanday mustahkamlash mumkin
Ko’klam kirib kelishi bilan organizmda ham o’zgarishlar kuzatilib, immun tizimi esa zaiflashib qoladi. Buning ilk alomatlari qanday bo’ladi va bunga qarshi qanday chora ko’rish mumkin? Bu haqida quyidagi maqolamizda ma’lumot beramiz.
Immunitet — bizlarni har xil viruslar va kasalliklardan himoya qiluvchi organizm tizimi hisoblanadi. Bizlar har kuni bizga qarshi keluvchi tashqi hujumlarga uchraymiz. Ba’zan shunday holatlar bo’ladiki, immun tizimi o’z vazifasini bajara olmaydi. Uzoq vaqt davomida o’zni yomon his qilish, holsizlik, va tez-tez infeksiyali kasalliklarga chalinish (shamollash va bosh og’rig’i) . Agarda siz o’zingizda ana shu belgilardan bittasini sezsangiz, unda quyidagi omilarga ahamiyat qarating.
Yegan taomimizga qarab bilib olamiz
Image title
Your subtitle here
O’zida barcha kerakli vitamin va mikroelementlarni saqlovchi balanslashtirilgan taomnoma organizmimiz sog’lig’ini bir maromda ushlab turishga yordam beradi. Taomnomangizga ko’proq yangi uzilgan ko’katlar va tabiiy mahsulotlarni kiritib, iloji boricha shakar va tarkibida uni saqlaydigan yeguliklarni chiqarib tashlang. Agarda konfet va shirinliklardan ko’p iste’mol qilsak, ichaklarimizda mikroblar ko’payib ketadi. Ba’zi bir ziravorlar, ya’ni muskat yong’og’i, zarchava, kardamon, rozmarin, toshcho’p, gvazdika, zanjabil va dolchin immunitetga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bizning retsept asosida zanjabilli choydan tayyorlashni maslahat beramiz:
Vitamin D
Vitamin D organizmimizdagi eng katta rollardan birini bajaradi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu vitaminning yetarlicha miqdori suyak tizimi va immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi. D guruh vitaminining eng katta manbasi quyosh nuri hisoblanib, bulutli kunlardan keyin ko’pchilikda bu vitaminning yetishmasligi kuzatiladi. Shu sababdab ham, quyosh chiqqandan keyin toza havoda 15-20 daqiqa sayr qilish lozim. Bu vitamin shuningdek tuxunlarda, yog’li baliq va sutli mahsulotlarda ham mavjud.
Suv balansi
Suv tanqisligi nafaqat go’zalligimizga qarshi yomon ta’sir qiladi, balki umumiy ahvolimizga ham — tezda charchab qolasiz, parishonxotir bo’lib, bezovtalanib qolasiz. Bularning barchasi immunitetga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
Shu sabab ham kun davomida oz-ozdan suv ichib turish foydadan holi bo’lmaydi. Shuningdek azonda och qorinda bir stakan iliq suv ichish juda foydalidir. Agarda boshingiz og’rib qolsa, dori qabul qilishdan avval, bir stakan suv ichib ko’ring, balki organizm suv tanqisligi haqida signal berayotgandir.
Uxlash tartibi
Bilasizmi, uyqusi buzilgan insonlar kasallikka ko’proq chalinar ekan. Olimlarning aniqlashicha, kattalar bir kecha-kunduzda 7-8 soat uxlashlari, ammo bu esa o’z navbatida 10 soatdan oshmasligi kerak. Soat 11 dan kech bo’lmaganda uxlash esa juda muhim. Chunki aynan shu paytda organizmdan bo’y o’sishi uchun xizmat qiladigan – melatonin gormoni ishlab chiqilar ekan.
Jismoniy zo’riqishlar
Harakat — bu hayot. Juda ozchilik esa bunga ahamiyat beradi, ayniqsa qish faslida. Iliq kunlarning boshlanishi bilan esa hamma ozsih harakatiga tushib, sport bilan shug’ullanishni boshlaydi. Bu esa yaxshi emas, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanish kerak. Agarda bunga yetarlicha vaqt topilmasa, unda 15 daqiqa vaqtliroq turib, ertalabgi badantarbiyani bajarish lozim. Bir kunda 40 daqiqa yayov yurilsa, bu ham ancha immunitetingizni mustahkamlashga yordam beradi.
Stress
Kundalik hayotimizda stressga joy yo’q deya ayta olmaymiz. Yaxshi uxlamaslik va jismoniy harakatning kamligi qatorida, sizga yoqmagan xohlagan hodisalar stress bo’lishi mumkin. Agarda o’zingizda ana shunday zo’riqishni his etsangiz, unda tinchlanib oling va tinchlikda bir o’zingiz qoling. O’ylab ko’ring, shu sabab asabiylashishingizga arziydii? Agar ha bo’lsa, unda bu muammoni yechish yo’lini qidiring. Bo’sh vaqtingizni ko’ngildagidek o’tqazing, masalan, do’stlar bilan uchrashuv yoki sevimli filmlaringizni tomosha qiling.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.