Shokolad to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun shokolad to’g’risida gaplashamiz: uning foydali va zararli xususiyatlari, qaysi biri foydaliroq, bir kunda qanchagacha iste’mol qilish mumkin, to’g’ri tanlash, saqlash va to’g’ri foydalanish haqida ma’lumot beramiz.
Shokoladning foydali xususiyatlari
Shokolad foydali yoki zararli ekanligi to’g’risida nechi yillardan buyon olimlar bahslashib kelishmoqda. Ba’zi bir olimlar esa, shokoladning quyidagi foydali xususiyatlarini isbotlashgan:
- shokolad o’zida dofamin, serotonin va feniletilamin gormonlarini saqlashi sabab ham kayfiyatni ko’tarish xususiyatiga ega;
- shokolad mushaklarni kislorod bilan to’yintiradi, natijada mashg’ulotlardan keyin organizm darrov o’zini tiklaydi;
- agar muntazam ravishda qora shokolad (70% va undan yuqori kakao saqlovchi) qon tomirlari mustahkamlanib, yurak xastaliklarining oldi olinadi;
- shuningdek qora shokolad yomon xolesterindan xalos etib, insult xavfini kamaytiradi, aritmiya va yurak yetishmovchiligida ham foydali hisoblanadi;
- shokolad diabetni bartaraf etishda yordam beradi – uning tarkibidagi antioksidantlar oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi;
- shokolad miya faoliyatini yaxshilaydi, Alsgeymer kasalligi rivojlanishini oldini oladi, xotirani mustahkamlab, diqqatni yaxshilaydi;
- shokolad ichak shamollashlarida ham yordam beradi, jigarga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi;
- shokolad immunitetni ko’taradi, homilador ayollarga ham juda foydali hisoblanadi.
Shokoladning zararli tomonlari
Foydali tomoni bo’lgan mahsulotning zarari ham bor degandek, shokoladning ham o’ziga yarasha zararli xususiyatlari mavjud. Birinchi o’rinda uning miqdori: shokoladni me’yoridan ortiq iste’mol qilish yaramaydi, aks holda bu qandli diabetga, yurak-tomir kasalliklariga, bosh og’rig’iga olib kelishi mumkin. Uni muntazam, ammo ko’p bo’lmagan miqdorda iste’mol qilish kerak.
Uni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar ham bisyor:
- allergiyasi bor insonlarga undan ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish tavsiya qilinadi;
- haddan ortiq og’ir vazn egalariga ham shokoladdan iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi;
- tishlar sezuvchanligi oshganda shokoladdan voz keshich maqsadga muvofiq bo’ladi;
- buyraklar xastaligida ham shokolad miqdorini kamaytirish lozim;
- migren kasalligi qo’zg’agan paytda ham shokoladdan iste’mol qilish yaramaydi
Qaysi shokolad foydaliroq
Albatta foydali mahsulot bu yuqori sifatli mahsulotdir. O’zida 70% va undan ko’proq kakao saqlovchi qora va achchiq shokoladlar eng foydali shokoladlar hisoblanadi.
Sutli shokolad – eng ko’p tarqalgan. Bunday shokolad o’zida kam miqdorda kakaoni saqlashi sabab ham, antioksidantlar miqdori ham juda kam hisoblanadi. Bunday shokolad o’zida ko’p miqdorda shakarni saqlashi sabab ham, tish emali va qomatga zarar keltirishi mumkin.
Oq shokoladni shokolad deb atash juda mushkul. O’zingiz o’ylab ko’ring: u shakar, sut, soya letsitini, aromatizatorlar va kakao yog’idan tashkil topgan. Ba’zi bir ishlab chiqaruvchilar kakao yog’i o’rniga arzonroq yog’lar, masalan, kokos yoki palma yog’idan solishadi. Ularda ham shakar miqdori juda ko’pdir.
Bir kunda qanchagacha shokoladdan iste’mol qilish mumkin
Bir kunda 40 grammgacha shokoladdan iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Aynan shu miqdor organizmni kerakli vitamin va minerallar bilan to’yintiradi.
Shokoladni to’g’ri tanlash va saqlash
Sifatli shokod xarid qilmoqchi bo’lsangiz, unda quyidagilarga ahamiyat bering:
- narxiga. Sifatli kakao kukuni va yog’i solingan shokoladlar hech qachon arzon narxda sotilmaydi;
- saqlash muddati. Iloji boricha saqlash muddati 6 oydan kam bo’lgan shokoladlardan xarid qiling, chunki ularda konservantlar miqdori kamroq bo’ladi.
Shokolad xarid qilganda uning tashqi ko’rinishi va ta’miga e’tibor bering:
- shokolad usti yaltiroq bo’lishi kerak. Ustidagi oq dog’lar – shokolad noto’g’ri saqlanganda ichidan shokolad yuzasiga suzib chiqqan yog’lardir, masalan shokolad erisa, uni darhol sovutgichga olib qo’yilganda;
- ustining xira rangga kirishi esa unga har xil soyali qo’shimchalar qo’shilganligidan dalolat beradi;
- sifatli shokoladni chaynash shart emas, uning o’zi og’izda erib ketadi;
- har xil qo’shimchalar solingan shokoladlar tishga yopishib qoladi.
Shokoladni folgaga o’rab, 22 C darajadan oshmaydigan salqin va quruq joyda saqlash kerak bo’ladi.
Pazandachilikda shokoladning ahamiyati
В кPazandachilikda shokoladning har xil turidan foydalanishadi: Shokolad yeguliklarga nafaqat ta’m, balki xushbo’y ifor ham bag’ishlaydi.
Quyida esa bizlarning shokolad solib tayyorlaniladigan eng sevimli yeguliklarimiz ro’yxati bilan sizlarni ham tanishtramiz.
- Tvorogli ko’ptokchalarga boy shokoladli pirog tashqi ko’rinishi bilanoq ishtahangizni qitiqlab yuboradi;
- Shirinliklarni xush ko’ruvchilar bunday kapkeyklarga munosib baho berishlari aniq.;
- Shokoladli biskvit va unga surtilgan sariyog’-shokoladli krem ajoyib uyg’unlik bo’lib, ta’m jihatidan ham, ko’rinishi ham barchaga birdek manzur bo’lishi aniq.;
- Shokoladli asosning qaymoqli krem bilan uyg’unligidan yaratilgan «Oreo» dan tavsiya qilmasdan o’tishning iloji yo’q.;
- Ajoyib hidi ishtahani ochib yuboradigan banan va shokoladli pirog retseptini ham ko’rib chiqishni tavsiya etamiz.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!