Pishloq to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Pishloqning foydali tomonlari haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Balki uning zararli tomonlari ham mavjud bo’lib, ba’zi bir kasalliklarda undan iste’mol qilish mumkin emasdir? Shu va boshqa qiziqarli ma’lumotlar haqida sizlarga gaprib beramiz.
Pishloqning foydali xususiyatlari
Dunyo bo’yicha pishloq navlari juda ham ko’pdir. Ularning har birining o’z foydali xususiyatlari mavjud. Ammo pishloqning shunday foydali xususiyatlari mavjudki, u barcha pishloqlar uchun bir xil hisoblanadi:
- pishloq o’zida go’sht va baliqdanda ko’proq miqdorda bo’lgan oqsillar oqsillarni saqlaydi;
- pishloq o’zida organizmimizga foydali bo’lgan aminokislotalarni saqlaydi: triptofan, lizin, metionin. Ular kayfiyatni yaxshilab, stresslarga qarshi kurashadi, xolesterinni kamaytirib, jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday bebaho aminokislotalarni organizm faqatgina yeguliklar orqali qabul qiladi;
- pishloq quvvat zaxirasini to’ldirishi sabab ham, uni jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchi insonlarga, homilador ayollarga va bolalarga iste’mol qilish tavsiya qilinadi;
- bir kunda iste’mol qilinadigan 100 gramm pishloq organizmni kerak bo’lgan zarur minerallar va vitaminlar bilan ta’minlaydi.
Toshkentda savdoga qo’yilgan, eng ko’p iste’mol qilinadigan pishloqlarning ham o’ziga yarasha foydali tomonlari mavju:
- motsarella pishlog’i tinchlantirib, uxlashga yordam beradi;
- bri va kammamberlar esa oshqozon-ichak trakti uchun zarur bo’lgan foydali bakteriyalarni saqlaydi;
- gauda va emmental’ pishloqlari kalsiyni eng ko’p saqlash bo’yicha birinchilikda turishadi;
- soyali tofu pishlog’i – oqsilning haqiqiy manbasi bo’lib, shu bilan birga yog’ miqdori juda kamdir. Bu pishloq qomatiga ahamiyat beruvchilarga juda yoqsa kerak.
Pishloqning zararli tomonlari
Pishloq juda yog’li va yuqori kaloriyali mahsulot bo’lganligi sabab ham, ko’pincha parhez tutuvchilar unda iste’mol qilishmaydi. Ammo uni to’liq inkor etish ham yaramaydi: pishloqdagi kalsiy va oqsillar yog’lar hisobiga organizmga so’riladi. Bunda yog’liligi kamroq foizli pishloqlardan tanlash ham mumkin.
Quyidagi holatlarda pishloqdan me’yorida iste’mol qilish yoki uni umuman cheklash lozim:
- agarda siz oshqozon gastriti va yarasidan aziyat cheksangiz, unda sho’r va achchiq ta’mli pishloqlarni iste’mol qilishdan o’zingizni tiying;
- bunday pishloqlar shuningdek qon bosimi oshgan insonlarga ham tavsiya qilinmyadi;
- sariq rangli ziravorlar solingan pishloqlardan buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchilarga iste’mol qilish tavsiya etlmaydi;
- yurak yetishmovchiligi yoki o’t pufagida toshlar mavjud bemorlarga pishloq umuman tavsiya qilinmaydi;
- bosh og’rig’i yoki migrenda vaqtincha pishloqni cheklash kerak: triptofan aminokislotasi kasallikni xuruj qildirishi mumkin.
Pishloqdan haddan ziyod ko’p iste’mol qilish yaramaydi. Sog’lom odamga bir kunda 70-100 gramm pishloq me’yor hisoblanadi.
Qanday pishloqlar mavjud
Pishloq uch xil ko’rinishda bo’ladi: qattiq, yarim qattiq va yumshoq pishloqlar. Shu o’rinda ular har birining ham juda ko’p ko’rinishlari mavjud.
Qattiq pishloq – mustahkam va qattiq, toza po’stli (voskli, parafinli yoki tabiiy). Odatda qattiq pishloqlar mog’orlagan bo’lmaydi. Shu sabab ham siz savdo shaxobchalarida mog’orlagan pishloqlarga ko’zingiz tushsa, bu uning eskirganligidan dalolat beradi. Eng ommalashgan qattiq pishloqlar – maasdam, emmental’, parmezan, chedderlardir.
Yarim qattiq pishloqlar qaymoqli ta’mda bo’lib, ustki qismi voskli, parafinli, tabiiy yoki mog’orli bo’lishi mumkin. Eng ko’p tarqalgan bunday pishloqlar – gauda, edam, Rossiya, gollandcha, Oltermanni, dor-blyu (ko’k mog’orli), gorgonozolla, stilton va rokforlardir.
Yumshoq pishloqlar har xil ta’mlarda bo’lib, qaymoqli yoki tvorogli konsistensiyalarda bo’ladi. Masalan, bri va kamamber pishloqlari – yumshoq, mog’or po’stlog’li va achchiq ta’mda bo’lsa, rikotta yoki filodelfiya pishloqlari juda nafis va qaymoqli ta’mi bilan ajralib turadi. Yana ana shu pishloqlar har xil desertlar va kremlar tayyorlashda qo’l keladi.
Pishloqlar nimalarga solinadi
Pishiriladigan yegulik ko’nglingizdek chiqishi uchun nimaga qaysi pishloqdan solish kerakligini bilib oling:
- motsarella – gaz pechida pishirish, salatlar, pitsa va gazaklarga;
- mog’orli pishloqlar – qayla, har xil asoslar va suflega;
- bri va kamamber – gaz pechida pishirish, salatlar va pastalarga;
- gauda – salatlar, pasta ustidan sepishga, toblatmalar va boshqa taomlarga;
- parmezan – salatlar ustidan sepishga, pitsa, toblatmalar va pastaga;
- yarim qattiq pishloqlar – asoslar, buterbrodlar, gazaklar va har xil salatlarga;
- maskarpone, filodelfiya, rikotta – buterbrod, asoslar va gazaklarga.
Pishloqni to’g’ri saqlash
Pishloq mog’orlamasligi va qurib qolmasligi uchun uni sovutgichda saqlash kerak: sovutgichning sabzavot va mevalarga mo’ljallangan eng pastki tokchasida. Uni oziq-ovqat pelyonkasiga o’rab, shisha, chinni yoki plastik idishlarda saqlash kerak.
Pazandachilikda pishloqning o’rni
Har doimgidek o’zimizning eng sevimli pishloqli yeguliklarimiz retsepti bilan bo’lishamiz:
- pishloqli maffinlar zaytun mevalari bilan tayyorlanib, o’zgacha ta’m kasb etadi;
- kolbasa va pishloq solib pishirilgan «atirgullar» — ajoyib yegulik vazifasini o’taydi;
- pishloq va koʻkatli bulochkalarni tayyorlashda faqatgina bitta muammoga duchor kelasiz, u ham boʻlsa ular pishgandan soʻng bir pastda tugab qolishidir;
- pishloq solib pishiriladigan xachapurilar ham juda mazali ta’mda chiqadi;
- Amerikada «mac and cheese» deb nomlanadigan mashhur taom retseptini ham bizdan topishingiz mumkin;
- shuningdek nonushta uchun juda foydali bo’lmish, pishloqli vaflilardan tayyorlang.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!