Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Makfa»dan lazanyaga mo’ljallangan makaronlar
Rossiyada ishlab chiqarilgan «Маkfa» brendi yaqinda o’zining yangi mahsuloti, lazanyaga mo’ljallangan makaronlarini sotuvga chiqardi. O’zining yorqin va tez ko’zga tashlanadigan qadog’i bilan diqqatimizni tortdi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
«Маkfa» makaronlari bizga juda yoqadi. Ularning ijobiy tomonlari ko’p bo’lib, ularning bug’diyning qattiq navlaridan qilinishi sabab, pishirilganda ezilib ketmaydi, shaklini yaxshi ushlaydi, shu bilan birga ta’mi ham juda mazali. Shu sabab ham bizlar uni hech ikkilanmasdan xarid qildik.
Bizlar Granum unlari haqida gapirib o’tgandik. «Makfa» makaronlari bizga ko’proq yoqdi: birinchidan, uning tashqi ko’rinishi yaxshi bo’lsa, ikkinchidan, xamiri ancha mazali ekan. Ammo narxi anchagina qimmat ekan.
Mahsulotning bitta o’rami taxminan 2 martaga yetadi.
Qadog’i
Xamir karton qog’ozga solingan bo’lib, usti rangsiz yelim qog’oz bilan yopilgan.
Mahsulotning og’irligi 500 gramm.
O’ziga xosligi
«Маkfa» xamiri bug’doyning og’ir turidan qilingan bo’lib, ular semirtirmaydi. Undagi har bir plastinkasi katta bo’lib, uzunligi 23 sm, kengligi 5 sm. Plastinkalarning chetlari burama, to’lqinsimon bo’lib, juda chiroyli.
O’ramining orqa tomonida lazanya tayyorlash retsepti ko’rsatilgan. Bizda ham uni tayyorlashning bir nechta retseptlari mavjud. Xamirni qaynatish shart emas, uni quruqligicha qolipga soling.
Tarkibi
Tarkibi juda oddiy: bug’doyning og’ir navlaridan tayyorlanilgan un, toza iste’mol suvi.
Quruq mahsulot 100 grammining ozuqaviy qiymati: 344 kKal, 12.5 gramm oqsillar, 1.3 gramm yog’lar, 70.5 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Маkfa» makaronlarini bizlar Korzinka.uz supermarketidan 12 690 so’mga xarid qildik.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!