Maymunjon haqida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun sizlarga maymunjon mevasining foydali xususiyatlari, uni to’g’ri tanlash, saqlash va qishga g’amlab qo’yish to’g’risida bir nechta maslahatlar beramiz.
Maymunjonning foydali tomonlari
Maymunjon shirin-nordon ta’mga ega rezavor meva bo’lib, uning ajoyib ta’mi hammaga yoqadi. Bundan tashqari maymunjon juda ham foydali mahsulot hisoblanadi: 2000 yil avval bu mevani qadimiy Gretsiyada dorivor vosita deb hisoblashgan. U quyidagi holatlarda yordam beradi:
- U chanqoqni bostirib haroratni tushuradi;
- U kasalliklardan so’ng organizmni tiklanishiga yordam beradi;
- Oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi;
- U asab tizimini mustahkamlaуdi va xotirjam uxlashga yordam beradi;
- Fikrlash qobiliyati va xotirani mustahkamlaydi;
- Maymunjon o’zida ko’pgina antioksidantlarni saqlashi sabab ham, organizmdan zararli toksinlarni chiqarib tashlaydi;
Maymunjonning zararli tomonlari
Maymunjonni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar juda kam. Eslatmoq joizki, bu mahsulot allergiyani chaqirish ehtimoli ham yo’q emas. Bundan tashqari, u o’zida ko’p kislotani saqlashi sabab ham, uni ko’p iste’mol qilish yaramaydi.
Maymunjon vazn yo’qotish uchun ayni muddao
Maymunjon o’zida А, С, В guruh vitaminlari, mineral va to’qimalarni saqlashi sabab ham, ozishni xohovchilar uchun u ajoyib mahsulot sanaladi. Uning kaloriyasi kam bo’lishiga qaramay, u to’qlik hissini uzoq vaqtgacha ushlab turadi.
100 gramm maymunjonning ozuqaviy qiymati 31 kKalni tashkil qilib, 2 grammini oqsillar, 6.4 grammini uglevodlar va 0 grammini yog’lar tashkil qiladi.
Maymunjonni to’g’ri saqlash
Maymunjonni iste’mol qilishdan avval uni yuvish tavsiya qilinadi. Ammo shuni unutmangki, yuvilgan meva tez buziladi, shuning uchun ham uni iste’mol qilishdan biroz avvalgina yuving.
Maymunjon sovutgichda 4 kungacha saqlanadi. Bunda uni qog’oz sochiq solingan konteyner ichiga bir qavat qilib terib chiqing, shunda ortiqcha suyuqlikni qog’oz o’ziga shimdirib, tez buzilishini oldini oladi.
Maymunjonni qishga g’amlab qo’yish
Agar muzlatgichingizda yetarlicha joy bo’lmasa, unda maymunjonlarni bankaga yopib qo’ying. Bunday mahsulotni qaynatish kerak emasligi sabab ham, undagi barcha vitaminlar saqlanib qoladi.
Maymunjonlarni yuvib quriting. 1:1 teng taqsimda ustidan shakar sepib, blenderda yoki go’shtqiymalagichda maydalang va shakari erib ketishi uchun bir kecha salqin joyga olib qo’ying. Ertasi kuni sterillangan bankalarga solib, qopqog’ini yoping va sovutgichga olib qo’ying. Bunday mahsulotlar sovutgichda 1 yilgacha yaxshi saqlaniladi.
Maymunjonning pazandachilikdagi o’rni
Maymunjondan har xil qaylalar tayyorlashadi, pishiriqlarga solishadi, shirinliklarga ham qo’shishadi. Maymunjonli qayladan go’shtli taomlar tayyorlashda ham foydalanishadi.
Quyidagi retseptlarga maymunjondan solib, tayyorlashingiz mumkin:
- yoz mavsumida maza qilib iste’mol qilinadigan muzqaymoqqa albatta maymunjondan qo’shing;
- mevalardan tayyorlanilgan juda mazali, shu bilan birga foydali shirinligimiz bu nayskrimdir;
- maymunjonni bo’tqalarga qo’shsangiz, maymunjon unga o’zgacha ta’m va ko’rinish bag’ishlaydi;
- Banan va rezavor mevalardan muzqaymoqqa ham maymunjon qo’shib, unga yorqinroq rang berishingiz mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.