Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Frau Marta» konservalangan jo’xori va yashil no’xat

Yaqindagina bizlar savdo peshtaxtalarida aylanib yurib, Rossiyada «Frau Marta» nomi ostida ishlab chiqarilgan konservalangan makkajo’xori va yashil no’xatlarga ko’zimiz tushdi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar har safar bozor-o’char qilayotganimizda, bu vaziyatdan oqilona foydalanib, bira-to’la yangi chiqqan mahsulotlarni ham qidiramiz. Bu safar ham o’zining yorqin rangdagi o’ramlari bilan bizni e’tiborimizni qozongan, bu mahsulotlarni ilgari uchratmagan edik. «Frau Marta» mahsulotlarining narxi yoqdi, sifatichi? Hozir aniqlaymiz.
Qadog’i
Mahsulotlar tunuka bankachalarga solingan, usti oq-qizil ranglardagi katakchali ko’rinishda bo’lib, qopqog’ining ustida maxsus ochadigan halqachasi mavjud. 1 ta bankachaning og’irligi 310 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Yashil no’xat
Sifatli konservalangan no’xatlar, no’xatning miyasimon ko’rinishga ega turidan tayyorlanilar ekan. Bu mahsulot ham aynan shunday no’xatdan tayyorlanilgan. Banka suvi uncha ko’p emas, no’xatlarni ko’mib turadi. No’xatlari yumshoq va shirin ta’mda!
Makkajo’xori
Makkajo’xorining suvi ham xuddi yashil no’xatdek me’yorida, donlari o’rtacha kattalikda, och-sarg’ich ranglarda bo’lib, bunda yosh jo’xorilardan foydalanilganligi bilinib turadi. Makkajo’xori yumshoq, shirin va juda mazali ta’mi bilan bizlarga yoqdi.
Orasidan shikastlangan yoki bujmaygan jo’xori donlari chiqmadi, hammasi butun va silliq ko’rinishda.
Tarkibi
Bu mahsulotlarning qisqa va lo’nda tarkibi ham bizlarga yoqdi.
Yashil no’xat
Miyasimon ko’rinishdagi yashil no’xat, toza iste’mol suvi, shakar, tuz.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati 40 kKal bo’lib, 3 grammini oqsillar, 0 grammini yog’lar, 6.5 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Makkajo’xori
Shirin makkajo’xori, toza iste’mol suvi, shakar, tuz.
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: 50 kKal bo’lib, 2 grammini oqsillar, 0 grammini yog’lar, 11 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
«Frau Marta» konservalari Makro supermarketlarida 8 290 so’mdan turadi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.