Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Saltanat yogurtlari
Hech qanday qo’shimchalar solinmagan, shakarsiz yogurtlarni qayerdan olish mumkin deb, ko’pchilik so’raydi. Shu sabab ham bizlar, o’zimizda ishlab chiqarilgan Saltanat yogurtlari haqida gapirib berishga qaror qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlarning bugungi tanlovimiz o’zimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot – Saltanat yogurtlariga tushdi. Bizlar uning ikki xilidan sotib oldik: termostatli yogurt va grekcha. Ularning ikkovi ham qo’shimchalarsizligi sabab ham, ularning bir-biridan farqi nimadaligi bizlarni qiziqtirdi.
Ularning bir-biridan farqi unchalik ham katta emas. Biri sal yog’liroq bo’lsa, ikkinchisi birozgina nordonroq. Ularni salat yoki smuzilarga solish yoki o’zini iste’mol qilish ham mumkin.
Qadog’i
Yogurtlar rangsiz plastik bankachalarda qadolanilgan bo’lib, undan yogurtlarning holati ko’rinib turadi.
Yogurt qopqog’ida ochilib yopiladigan halqa bo’lib, yogurtni ochosh biroz mushkulroq. Bu albattan yogurt uchun yaxshi, lekin iste’molchiga biroz noqulaylik tug’diradi.
Bitta bankachadagi yogurtning miqdori 300 millilitrni tashkil qiladi.
Ta’mi
Quyuq termostatli yogurt
Bu yogurt biroz nordonroq bo’lib, ta’mi yoqimli. Biroz ta’m jihatidan qatiqqa o’xshab ketsada, lekin ko’rinishi mayin va silliq.
Grekcha yogurt
Bu ikkala 4% li yogurtlarning bir xilligiga qaramay, bizga grekcha yogurt yog’liroq tuyuldi. Unda nordonroq ta’m yo’q, yeganda yoqimli va tetiklashtiruvchi ta’mda.
Tarkibi
Termostatli quyuq yogurt
Normallashtirilgan sut va yogurtli achitqi.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 71 kKal bo’lib, 3.6 grammini oqsillar, 4 grammini yog’lar, 5.2 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Grekcha yogurt
Pasterizatsiya qilingan sut, tirik yogurtli bakteriyalar (Streptococcus thermophilus, Lactobacillus bulgaricus), shuningdekе L. acidophilus va Bifidobacterium lactis.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 76 kKal bo’lib, 7.5 gramm oqsillar, 4 gramm yog’lar, 2.5 gramm uglevodlar.
Saqlash muddati 8 kun. Uni +2 dan +4 gacha haroratda saqlash tavsiya qilinadi.
Qancha narxda sotib olish mumkin
Saltanat yogurtlarini Makro supermarketlaridan 4 890 so’mdan sotib olish mumkin.
*Narxi manab chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.