Gilos to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Mana gilos mavsumi ham poyoniga yetmoqda. Shu sabab ham bugungi maqolamizda sizlarga gilosni qishga to’g’ri g’amlash, uning foydali va zararli tomonlari, qizil gilosning sariq ranglisidan farqlari to’g’risida gapirib o’tamiz.
Gilosni ilk marotaba 10 000 yil avval iste’mol qilishgan bo’lib, olimlarning fikricha olcha aynan gilosdan kelib chiqqan ekan. Xo’sh, bu qiziqarli meva yana nimasi bilan bizlarni hayron qoldirar ekan, hoziroq bilib olamiz.
Gilosning foydali xususiyatlari
Gilos shakar, organik kislotalar, vitamin va minerallarga juda boy meva bo’lib, u bizga quyidagilarda yordam beradi:
- qon tomirlarini mustahkamlashda;
- qonning tarkibini yaxshilashda;
- organizmni toksinlardan tozalashda;
- xolesterin miqdorini tushirishda;
- Oshqozon-ichak trakti faoliyatini faollashtirishda;
- qon bosimini tushirishda.
Gilos shirin ta’mdaligi sabab ham organizmga to’qlik hissini bag’ishladi. Lekin shunga qaramasdan ham juda kam kaloriyani saqlaydi. O’z vazniga e’tibor beruvchilar undan bemalol, xohlagan miqdorda iste’mol qilishlari mumkin.
Vitaminlarini yo’qotmasin desangiz, unda gilosni xomligicha iste’mol qiling. Undan murabbolar tayyorlanilganda, afsuski, undagi ko’pgina foydali moddalar nobud bo’ladi.
Gilosning 100 grammi 50 kKalni tashkil qilib, ulardan 1.1 grammini oqsillar, 0.4 grammini yog’lar va 11.5 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Gilosning zararli tomonlari nimada
Gilosda shakar miqdori ko’pligi sabab, asosan uni qandli diabetdan aziyat chekuvchi insonlarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari u allergiyani chaqirishi sabab ham, yosh bolalarga ko’p miqdorda berish tavsiya qilinmaydi. Aytgancha, sariq va sariq-pushti rangli giloslarda qizil gilosga nisbatan allergiyani chaqiruvchi moddalar kamroq bo’ladi.
Qizil gilos sariq va pushti giloslardan nimasi bilan farq qiladi
Sariq gilos juda sersuv bo’lib, u eng birinchi bo’lib pishadi. Sariq gilos o’zida ko’pgina yod moddasini saqlashi sabab ham, uni qalqonsimon bezni oldini olishda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Pushti rangli gilos esa qolganlaridan C guruh vitamini ko’proq saqlashi bilan ajralib turadi.
Qizil gilos sariq va pushti giloslardan biroz kechroq pishib, u o’zida juda ko’p vitamin va minerallarni saqlaydi.
Mazali gilosni to’g’ri tanlash
Gilos sotib olayotganda uning rangiga birinchi o’rinda ahamiyat bering: u qanchalik to’qroq bo’lsa, shunchalik shirinroq bo’ladi. Uning dumchalari esa yshil rangda, so’lib qolmagan bo’lsin. Agar giloslar yorilgan va quruqdek ko’rinsa, demak bu giloslar pishib ketgan y чем она темнее, тем слаще. Плодоножки должны быть зелеными и упругими. Если они ломаются и выглядят высохшими, черешня переспела или просто долго oki uzilganidan so’ng uzoq muddat saqlanilgan bo’lib, unchalik mazali emas.
Gilosni qishga to’g’ri muzlatish
Agar siz bu mazali mevaning barcha vitamin va minerallarni saqlab qolishini istasangiz, unda undan murabbo yoki kampot yopmasdan, yaxhisi uni muzlatib qo’ying. Ularni danagi yoki danagisiz muzlatish mumkin.
Gilosni muzlatib qo’yishning bir nechta usullari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
Birinchi, eng oddiy usuli
Giloslarnni yuvib, taxtakach yoki patnis ustiga bir qator qilib tering va muzlatkichga 3 soatga olib qo’ying. So’ng muzlagan giloslarni konteynerga solib, qopqo’ini yoping va muzlatgichga olib qo’ying. Bunday gilosni muzlatgichda keyingi mavsumgacha saqlashingiz mumkin.
bunday muzlatishning minus tomoni shundaki, bunda giloslar sersuv bo’lib, o’z shira va mazzasini yo’qotadi.
Ikkinchi, shakarli usul
Giloslarni yuving, ta’bga qarab danagidan ajrating. Patnisga bir qator qilib tering va muzlatgichga 3 soatga olib qo’ying.
Muzlagan giloslarni konteynerga bir qavat terib, ustidan shakar seping va boshqa qavatini ham terib, yana shakar seping. Xullas, 1 kilo gilosga 200 gramm shakar ishlatiladi.
Uchinchi, qiyomli usul
Giloslarni yuving, teng miqdorda shakar va suv olib, shakar erigunicha qaynating. So’ng qiyomni sovutib oling. Giloslarni konteynerga solib ustidan qiyomni quying, qopqog’ini yopib, muzlatgichga olib qo’ying.
To’rtinchi, pyure usuli
Giloslarni yuvib, danagidan ajrating, blenderga solib, pyure holatiga keltiring. So’ng ta’bga qarab shakar yoki limon kislotasidan soling. Mevali pyureni koneyner yoki yelim qog’ozli paketlarga solib, muzlatib qo’ying.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.