Sabzi to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugungi maqolamizda siz sabzi, uning foydali tomonlari va bir kunda qancha miqdorda iste’mol qilish mumkinligi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishib olasiz.
Sabzi – sharq sabzavoti
Sabzini ilk marotaba Afg’onistonda iste’mol qilishgan bo’lib, u yerda u 4 000 yil oldin yovvoyi ko’rinishda o’sgan. Sabzi avval binafsharangda bo’lgan bo’lib, 400 yil oldin u sun’iy ravishda, biz o’rgangan apelsin rangga keltirilgan. «Qizil sabzi» ilk marotaba Gollandiyada paydo bo’lgan va undan faqatgina qirollar oilasi iste’mol qilishgan.
Sabzining 90 % ini suv tashkil qiladi
Sabzi ajoyib parhezbop mahsulot bo’lib, unda ko’p vitaminlar bo’lib, 90 %ini suv tashkil qiladi va bu uning kaloriyasi juda pastligidan dalolat beradi. Sabzining 100 grammi 35 kKalni tashkil qilib, 1.3 grammini oqsillar, 0.1 grammini yog’lar va 6.9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Sabzining foydali xususiyatlari nimada?
Kaloriyasining pastligi sabab ham sabzi juda foydali bo’lib, u soch, tirnoq va tishlarni mustahkam qiladi, terini esa tiniqlashtiradi. Sabzi tarkibida ko’pgina antioksidantlar navjud bo’lib, ular organizm yoshligini saqlab qolib, immunitetni ham mustahkamlaydi.
Yana shunisi qiziqki, antioksidantlar miqdori xom sabziga nisbatan, qaynatilganida 35 % ga ko’proq bo’lib, ular pishirish jarayonida kamaymasdan, balki ko’payib borar ekan. Shuning uchun bu foydali mahsulotdan har xil pishiriqlar pishiraverishingiz mumkin, masalan bizning sabzili pirogimizni.
Sabzi sharbati shamollashga qarshi
Sabzi sharbati o’zida ko’pgina futonsidlarni saqlab, ular organizmga viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi. Yana unda ko’p miqdorda kaliy va mineral tuzlar bo’lganligi sabab ham, ular yurak va tomirlarni mustahkamlaydi.
Hafta mobaynida ichilgan bir necha stakan sabzi sharbati infarkt va insultni oldini olishda yaxshi profilaktika bo’la oladi. Eng asosiysi, undagi karotin moddasi organizmga yaxshi singishi uchun kichkina qoshiqda qaymoq yoki xohlagan o’zimlik yog’idan solishni unutmang.
Sabzini nima uchun ko’p iste’mol qilib bo’lmaydi?
Agarda siz to’xtovsiz har hafta sabzili sharbat ichsangiz, shunda teringizning sarg’ayayotganiga ko’zingiz tushadi. Bu sabzining nojo’ya ta’siri bo’lib, karotinli sariq kasalligi deb nomlanadi. Virusli geppatitdan farqli ravishda, bunda ko’z sarg’aymay, teri va yuzda sarg’ish dog’lar paydo bo’ladi.
Shuning uchun ham sabzini kunlik me’yori 250-300 grammni tashkil qilib, undan ortiq iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.