Foydali pitsaga mo’ljallangan mahsulotlar
Pitsa mazali va foydaliroq bo’lishi uchun ham, bugun Zira sizlarga qanday mahsulotlardan foydalanish kerakligi haqida gapirib beradi.
Pitsa – kaloriyasi kuchli va yog’li taom bo’lib, uni to’g’ri ovqatlanish tartibiga kiritish qiyindir. Agarda, masalliqlarni to’g’ri tanlasangiz, pitsadan foydali taom tayyorlashga erishasiz. Nyu Yorklik dietolog Chelsi Emerning ta’kidlashicha, pitsa yormalarga qaraganda anchagina balanslashtirilgan nonushta sanaladi: unda oqsillar ko’p bo’lib, shakar miqdori esa juda oz.
Agarda siz o’z vazningizga e’tibor bersangiz, unda bir bo’lak pitsa bilan chegaralanishingiz kerak.
Trener va fitnes va to’g’ri ovqatlanish tartibi to’g’risidagi bir necha maqolalar muallifi Shennon Klarkning aytishicha, quyidagi masalliqlar pitsani mazali va foydali qilar ekan:
Ismaloq
Ismaloq juda ko’p К vitaminini saqlab qolmasdan, 13 dan ortiq antioksidantlarni ham o’zida saqlaydi – ular organizmni yurak qon-tomir kasalliklaridan, qandli diabet va saraton kasalliklariga chalinishdan saqlaydi. Ismaloq pishloq va dudlangan go’sht bilan ham juda yaxshi kelishganligi sabab, pitsaga solinsa, uni juda mazali qiladi. Bundan tashqari uning energetik quvvati kam bo’lib, semirishga yo’l qo’ymaydi: 100 gramm ismaloq 25 kKal ni tashkil qiladi.
Brokkoli
Brokkolini siz pitsaga qo’shib А, С, К kabi guruh vitaminlari, ko’pgina mineral va organik kislotalardan quvvat olasiz. Brokkolini pomidor, pishloq va sarimsoqpiyoz bilan birga pishirsangiz, mazali ta’mdan bahramand bo’lasiz. B?rokkolining energetik quvvati: 100 grammida 34 kKalni tashkil qiladi.
Qo’ziqorin
Shampinyon, veshenkalar, qaysi qo’ziqorinni yoqtirsangiz, pitsaga o’shandan ishlatavering Qo’ziqorinni 50 % ini oqsillar tashkil qilib, 100 gramm shampinyonlar bor-yo’g’i 27 kKalni tashkil qiladi? veshenkalarning 100 grammi esa 38 kKalni tashkil qiladi.
Tovuq go’shti
Pitsaga tovuq go’shtini kichikroq to’g’rab soling: u oz’ida juda kam yog’larni, ko’pgina kaliyni va organizmga tez singadigan bir qator vitamin va minerallarni o’zida saqlaydi. Tovuq to’shi – parhezbop taomlar qatoriga kiradi: 100 gramm qaynatilgan tovuq to’sh go’shti 95 kKalni tashkil qiladi.
Sarimsoqpiyoz
Bir nechta sarimsoqpiyoz tishchalarini oling, mayda to’g’rang va pitsa uchun mo’ljallangan qaylaga soling yoki shunchaki pitsaning ustidan seping. Sarimsoqpiyoz pitsaga o’ziga xos ta’ bag’ishlaydi, ateroskleroz, qon-tomir kasalliklari, xolesterinning ko’payib ketishini oldini oladi. Sarimsoqpiyoz kaloriyasi kuchli bo’lishi sizni hech ham xavotirga solmasin, chunki bir dona sarimsoqpiyoz tishchasi 3-5 grammni tashkil qiladi. 100 gramm sarimsoqpiyoz 149 kKalni tashkil qiladi.
Pomidorli qayla
ВPomidorli qaylaning 100 grammi 17 kKalni, pomidorlarning o’zi esa 18 kKalni tashkil qiladi. Pomidor saraton kasalliklarini oldini olishda juda ajoyib vosita sanalib, oshqozon-ichak faoliyatida ham juda foydalidir. Pitsaga ko’proq pomidorlardan soling, ustidan oregano, sarimsoqpiyoz va pishloq seping, qarabsizki bir necha daqiqada mazali pitsa ham tayyor!
Parmezan
Bu pishloqni shaharlardagi supermarketlardan topishingiz mumkin bo’lib, unda yog’ning miqdori kam, oqsillar esa juda ko’pdir. Bundan tashqari parmezan – kalsiyning manbai ham sanaladi. Parmezanning100 grammi 400 kKalni tashkil qiladi.
Yuqoridagi masalliqlardan tayyorlanilgan pitsa sizga va yaqinlaringizga albatta yoqadi!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
*Rasmlar internet manbalaridan olingan.