Yasmiq doni to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Yasmiq doni ham xuddi no’xat va loviya kabi ham keng tarqalgan donli o’simliklardan biri bo’lib, uni ko’pincha «donli o’simliklar shohi» deb ham atashadi.
1. Yasmiq donini qadimdan beri yetishtirib kelinadi. Yasmiq doni haqida qadimda ilk marotaba Yaqin Sharq va Misrda eramizdan avvalgi 2 400-yilda tilga olingan.
2. Yasmiq donining navlari juda ko’p. U turli rangda bo’ladi – qora rangdan boshlab zangori ranggacha, va har bir rangi bir-biridan ta’mi va tayyorlash vaqti bilan bir-biridan farq qiladi. Oq, qizi va sariq rangli yasmiq donlarini tayyorlash jarayonida ularning po’sti ajralib chiqadi va qolgan navlariga nisbatan tezroq pishadi.
3. Yasmiq doni – parhezbop mahsulot. U 54% murakkab uglevodlardan va 26% – organizmda tez hazm bo’luvchi oqsillardan tashkil topgan. Bundan tashqari yasmiq doni o’zida juda kam miqdordagi yog’ni saqlaydi. Shuning uchun ham bu don mahsuloti o’z qomatiga e’tibor beruvchilar uchun ajoyib mahsulot hisoblanadi: bunday don mahsulotidan tayyorlanilgan taomlar uzoq hazm bo’ladi va uzoq vaqtgacha to’qlik hissini beradi.
4. Yasmiq doni juda ham foydali. U qondagi shakar miqdorini kamaytiradi, ko’pgina biriktiruvchi to’qimalarga ega, temir saqlash bo’yicha u birinchi o’rinda turadi. Yashil yasmiq doni eng foydalisi hisoblanadi: u biriktiruvchi to’qimani o’zida ko’p saqlovchi dondir.
5. Yasmiq doni – ekologik toza mahsulot. Yasmiq donini yetishtirish atrof-muhitga hech qanday zarar keltirmaydi. U o’zida nitrat moddasini saqlamaydi.
6. Yasmiq doni navlari har xil muddatda tayyorlaniladi. Yashil va «fransuzcha» 1 soat davomida pishsa, qizil, po’stidan tozalanilgani esa, – 15-20 daqiqada pishadi. Sariq yasmiq doni esa hammasidan ham tez pishadi – 15 daqiqa va tayyor. Qo’ng’ir rangdagi yasmiq doni 25-30 daqiqada pishadi.
7. Yasmiq donidan ko’pgina taomlar tayyorlaniladi. Sho’rva va gazaklardan tashqari bu don mahsulotidan kotletlar, toblatmalar, piroglar uchun asoslar, non va shirinliklar ham tayyorlaniladi. Masalan, yasmiq donidan foydali kotletlar tayyorlasa bo’ladi: blenderda qaynatilgan yasmiq doni, xurmo, mayiz, o’rik qoqi, ta’bga qarab yong’oqlar, kakao va shakar upasi solib maydalaniladi. Aytishlaricha, bunda yasmiq donining ta’mi umuman bilinmas ekan.
8. Yasmiq donini hammaga ham iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. U o’zida purin moddasi – siydik kislotasini saqlaydi va buyrak tosh kasalliklariga olib keladi. Oshqozon-ichak kasalligiga chalingan odamlar yasmiq donini iste’mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!