Shampinyonlar to’g’risida 9 ta qiziqarli ma’lumot
Mazali shu bilan birga foydali bo’lgan shampinyonlar to’g’risida juda qiziq ma’lumotlar to’pladik. Bu qo’ziqorin nimasi bilan sevimli bo’lishga ulgurganini bilib oldik.
1. Shampinyonlar bundan 1000 yillar oldin aniqlanilgan. Ularni birinchi bo’lib italiyaliklar aniqlashgan, iste’mol qilishni boshlashgan va tez orada ularni o’zlari yetishtirishni ham o’rganib olishgan. Shampinyonlar notabiiy usulda ham yetishtiriladigan birinchi qo’ziqorinlar bo’lgan.
2. Yevropada esa ularni 18-asrda yetishtira boshlashgan. Bundan tashqari, Parijda bu mahsulot tansiq ovqat hisoblangan va qimmat narxda sotilgan. Ularni maxsus o’rgatilgan fermerlar yetishtirishgan va bu mahsulotni «Parij qo’ziqorini» deb atashgan.
3. Ba’zi bir Yevropa qirollarining maxsus yerto’lalari bo’lib, u yerda ular shampinyonlarni o’ziga xos navlarini yetishtirishgan va ular faqat monarxlar dasturxoniga tortilgan. Bunday shampinyonlar juda ham mazali bo’lib, ularni ta’tib ko’rishga esa hech kimning haqqi bo’lmagan.
4. «Shampinyon» atamasi fransuzchadan kelib chiqib, champignon «qo’ziqorin» ma’nosini bildirgan.
5. Shampinyon juda ham ommalashgan mahsulot bo’lib, uni dunyoning ko’pgina mamlakatlarida iste’mol qilishadi. Ular uchta davlatdan eksport qilinadi: shampinyonlarni yetishtirish bo’yicha AQSH birinchi o’rinda tursa, ikkinchi o’rinda esa Fransiya, uchinchi o’rinda esa Buyuk Britaniya tursada, bu davlatda qo’ziqorinlar boshqa davlatlarga nisbatan kechroq iste’molga kirgan. Bu qo’ziqorin turi Polshada ham mashhur bo’lib, uni deyarli barcha milliy taomlariga qo’shishadi.
6. Shampinyonlar kosmetalogiyada ham ishlatiladi. Shunday salonlar mavjud bo’lib, ular yuzga taklif qiladigan foydali niqob va losyonlarni tarkibiga shampinyonlar kiradi. Bunday mahsulotlar juda qimmat turadi.
7. Shampinyonlarni tibbiyotda ham qo’llashadi. Ular bronxitda, qandli diabetda, bosh og’rig’ida, ekzema va oshqozon yarasida, sariq va sil kasalliklarida juda foydali hisoblanishadi.
8. Ko’p hollarda ulardan ozish uchun ham foydalanishadi. Ular o’zida oziqlantiruvchi xususiyatni saqlab, shu bilan birga kaloriyasi pastligi sababli ham parhez taomlar ro’yxatiga kiritiladi. 100 gramm marinadlangan shampinyon 30 kKalni tashkil qiladi, konservalanganlari esa yanada kamroq, ya’ni 100 gramm mahsulot 20 kKalni tashkil qiladi.
9. Shampinyonlardan turlicha mazali taomlar tayyorlasa bo’ladi. Agar sizda bu turdagi qo’ziqorinlar ortib qolsa-yu nima qilishni bilmayotgan bo’lsangiz, unda bizning retsept asosida qo’ziqorinli quyuq sho’rva tayyorlang.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a’zo bo’ling.