Yangi yil bayram stoli
Yangi yil bayram stoli – bundanda ajoyib va yoqimliroq yana nima bo’lishi mumkin? Oramizda katta bayram dasturxonida oila a’zolari davrasida to’planishni yoqtirmaydiganlar topilmasa kerak.
Quyida biz chiroyli stol bezash haqida ma’lumot beramiz va ko’rsatamiz:
Birinchi bo’lib Kirill Istominning stol bezatish san’atiga to’xtalamiz. Dizayner ikki xil ko’rinishdagi stol bezashni ko’rsatib o’tadi. Birinchisi, kechki bazm oqshomi uchun sadaf rangidan foydalanilgan Christofle, Bernardaud, Baccarat, Daum, Faberge brendlari idishlaridan, Frette ning dasturxonidan foydalangan. Yangi yil bayrami dasturxoni ekanligi uchun ham u sun’iy qor va archa shoxchalari bilan yanada urg’u bergan.
Ikkinchi stol, birinchisiga nisbatan kamhashamroq bo’lib, bunda Kirill yorqin qadahlar va turli rangdagi idish-tovoqlar jamlanmasidan foydalangan.
Zara Home yangi yil dasturxoni uchun 4 xil ranglar majmuasini maslahat beradi. Birinchi stol bezatishda uch xil ranglar: ko’k, oltin rang va osh sariq. Ko’k dasturxon qor parchalari bilan, po’latdan qilingan tillarang ovqatlanish anjomlari va uch xil kattalikdagi likopchalar.
Ulardan biri xyugge uslubida bezatilgan. Bu yerda och sariq va kulrang ranglariga urg’u berilgan. Idishlar, anjomlar va shamdonlar hammasi yog’ochdan ishlangan.
Stol bezashning eng ixcham usullaridan biri – bir xil rangdagi ozroq tillarang qo’shimchalar kiritilgan oshxona anjomlaridan foydalanishdir.
Katta-katta naqshli dasturxondan foydalanib, bir xil rangdagi idishlardan foydalanish. Qizil oyna.
H&M Home sahifasida stol bezashda juda ko’p namunalar bo’lib, ulardan eng ajoyibi to’q ko’k rangli, mayda tillarang naqshchalar bilan bezatilgan likopchalardir.
Villeroy & Boch bor urg’uni qizil-oq ranglariga qaratadi. Naqshsiz ovqatlanish anjomlari, turlicha shakldagi likopchalar xullas klassik uslub.
Shvetsiya Ikeа kompaniyasi yangi yil stoliga och kulrang rangdagi katta-katta gulli, xuddi to’qilgan kiyimga o’xshagan idishlar va tillarang yoki kumushrang ko’rinishdagi ovqatlanish anjomlarini taklif qiladi.