Mahsulotlarni ko’zdan kechirish: Sharbatlar
Sharbatlarni xush ko’rasizmi? Bugun sizlarga Toshkentdagi sharbatlarning turlari, ularni to’g’ri tanlash va ularning foydali tomonlari haqida to’liq gapirib beramiz.
Biz InterSok korxonasida bo’ldik, bu yerda “Сочная долина”, Viko va Pro100Sok kabi sharbat turlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish korxonasining menedjeri Aleksandr Royenko bilan suhbat olib bordik va sharbatlar to’g’risida qiziqarli va foydali ma’lumotlarga ega bo’ldik.
O’zbekiston bozorlarida qanday sharbat turlari savdoga qo’yilgan va ularning bir-biridan farqi?
Mamlakatimiz savdo shaxobchalarida siz tabiiy sharbat, nektar и sharbat o’rnini bosuvchi ichimlik.
Tabiiy sharbat– bu meva pyuresi va sharbatini o’zida saqlovchi ichimlik bo’lib, uni suv bilan aralashtirishadi, ehtiyojga qarab shakar qo’shishadi.
Nektar – bu meva sharbati va konsentratidan tashqari, o’zida limon kislotasi va shakarni saqlovchi ichimlik hisoblanadi.
Sharbat saqlovchi ichimliklar chanqoqni juda yaxshi bosadi, ammo undagi mevalarning miqdori juda ham oz. Bunday sharbatlarning qadog’ida “Tabiiy sharbat” deb yozilmaydi va tarkibida aramatizator, bo’yoqlar va stablizatorni saqlaydi. Unda meva sharbati tabiiy sharbat va nektarlarga nisbatan juda ham kam miqdorda.
Barcha ichimliklarni uchta segmentga ajratish mumkin: premium-segment, o’rtacha va quyi segment. Quyi segmentli sharbatlarda meva miqdori juda ham kam bo’lib, ular o’zida har xil bo’yoqlar va stablizatorni saqlaydi.
Sharbatlar uchun konsentratlar qanday tayyorlaniladi?
Ko’pchilik soklardagi bu aralashmalar har xil kimyoviy qo’shimchalardan tarkib topgan deb o’ylaydi, masalan: bo’yoqlar, ta’m beruvchi qo’shimchalar, lekin bularning bari tabiiy moddalar sanaladi.
Buni murakkab texnologiya asosida amalga oshirishadi: yangi olingan meva sharbatlarining suvi bug’lanilib, hosil bo’lgan aralashmani filtrlashadi. Sharbat pastaga aylanib, barcha vitaminlar va foydali xususiyatlari saqlanib qoladi.
Ishlab chiqaruvchilar esa bu pastani toza ichimlik suvi bilan aralashtirishadi va u biz bilgan sharbat ko’rinishiga kiradi.
Konsentratlar qayerdan olinadi?
Sharbat ishlab chiqaruvchilar iloji boricha o’zimizning yurtda o’sadigan mevalardan foydalanishadi – bu ham arzon ham tanish ta’m bo’lib, bundan tashqari bunday sharbatlarni sifatini baholash ham osonroq. Har bir sharbat ishlab chiqaruvchi korxonalarniong o’zining mevali bog’lari bo’lib, masalan InterSokning mevali bog’i Namangan viloyatida joylashgan bo’lsa, Agromir (Bliss va Meva nektar va sharbatlari) ning mevali bog’i esa Samarqand viloyatida joylashgan.
Ekzotik mevalardan tayyorlaniladigan sharbatlar uchun konsentratlarni xorijiy mamlakatlardan olib kelishadi. Masalan, konsentratsiyalashtirilgan apelsin sharbatini Gruziya, Ispaniya va Isroil kabi mamlakatlardan olib kelishadi.
Qiziqarli fakt: Toshkentda eng ko’p iste’mol qilinadigan sharbat bu olmali va olchali sharbatlar bo’lsa, Navoiy viloyatida esa qorag’atli sharbatni xush ko’rishadi.
Karton qog’ozda qadoqlanilgan sharbatlar foydalimi?
Ko’pchilikning fikricha bunday sharbatlar nafaqat foydasiz bo’ladi, balki organizmga zarar ham keltirishi mumkin.
- sharbatlar tabbiy mahsulotlardan, qattiq nazorat asosida ishlab chiqariladi
- ba’zi bir sharbatlar hattoki shakarsiz tayyorlaniladi. Masalan, InterSok dagi olmali, uzumli va pomidorli sharbatlarga, Agromirdagi olmali, anorli va pomidorli sharbatlarga shakar qo’shilmaydi.
Sharbatdan tayyorlanilgan ichimliklar faqatgina allergiyasi bor insonlarga yoqmasligi mumkin.
Qadoqlangan va shisha idishda qadoqlanilgan sharbatlarning farqi nimada?
Savdo shaxobchalarida HappyLife savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan, shisha idishlardagi sharbatlarni uchratishimiz mumkin. Ular mevalarning sharbati siqib chiqariladi va pasterizatsiya ailinib, darrov idishlarga solib qadoqlaniladi.
Bunda sharbatga shakar ham, suv ham solinmaydi.
Sifatli sharbatni to’g’ri tanlash
Qadog’iga yaxshilab ahamiyat bering – qadog’i pachaqlangan yoki shishgan bo’lmasligi kerak. Choklariga ham qarang: ular qattiq va quruq bo’lishi kerak.
Tarkibini o’rganing. Agarda siz yuqori yoki o’rtacha segmentdagi sharbatni tanlasangiz, uning tarkibida bo’yoqlar va aromatizatorlar bo’lmasligi kerak. Sharbat tarkibida konservantlar, harf yoki sonlarda yozilgan ozuqaviy qo’shimchalar ham bo’lmasligi shart.
Sharbatni qanday saqlash kerak?
Sharbatlarni saqlashda eng asosiysi ularni boshqa idishga quymang, ochilgan idishli sharbatlarni esa albatta sovutgichda saqlash shart. Terillangan qadog’i sabab ham sharbat kamida bir kecha-kunduz yangidek yaxshi saqlanadi.
Faqatgina pomidorli sharbatlardan tashqari, pomidorli sharbatlar ochilganidan so’ng 3-5 soat ichida iste’mol qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin?
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda sharbatlarni 990 dan 22 790 so’mgacha narxda sotib olishingiz mumkin.
Arba.uz internet-do’konida esa sharbatlarni 990 dan 25 800 so’mgacha narxda sotib olish mumkin.
*Korzinka.uz tarmog’idagi supermarket xodimlariga tasvirga tushirish jarayonida ko’maklashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.