Nima tayyorlaymiz: pitsa
Nima tayyorlashni bilmayapsizmi? Unda tezroq Zira uz tayyorlab qo’ygan eng mazali pitsalar retseptlari ro’yxatiga kiring!
Biz aynan siz uchun, albatta, tayyorlab ko’rilishi shart bo’lgan mazali pitsalar retseptlarini to’plaganmiz.
Pomidor va mol go’shtidan qilingan vetchinali pitsa
Yupqa va mayin, mazali asos bilan boyitilgan mana bunday pitsa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Lavashda qilingan pitsa
Oddiy lavash xamiridan ajoyib va mazali pitsa tayyor mumkin. Bunday lavashning asosini esa xohishingizga qarab o’zgartirishingiz ham mumkin.
«Pepperoni» pitsasi
Motsarella pishlog’i bilan pishiriladigan «pepperoni» pitsasi mashhur va eng sevimli pitsalardan biri hisoblanadi. Hozir esa uni uy sharoitida qanday tez va oson tayyorlash mumkinligi haqida gapirib beramiz.
«Calzone» pitsasi
Pitsalar har xil ko’rinishda bo’ladi. Ammo tayyorlash texnikasi o’sha-o’sha: xamir yoyilib, masalliqlari teriladi. Ushbu pitsa o’zgacha ko’rinishga ega bo’lganiga qaramay, ta’mi barchaga tanish bo’lgan pitsalardan qolishmaydi.
«Margarita» pitsasi
Bu pitsaning tarkibi juda oddiy bo’lib, uni quyidagilar tashkil qiladi: motsarello pishlog’i, pomidor va unga takrorlanmas ifor bag’ishlovchi rayhon yaproqchalari.
Italyancha yupqa xamirli pitsa
Xuddi qahvaxonalarda tortiladigan yupqa xamirli pitsalarning asl retseptini taqdim etmoqchimiz. Bunday xamirni tayyorlash juda oson. Ushbu pitsa o’zining ta’mi bilan katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.