fbpx
Lavashda qilingan pitsa

Lavashda qilingan pitsa

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oddiy lavash xamiridan qanchadan-qancha yeguliklar tayyorlash mumkin! Bu safar bizlar lavashdan pitsa tayyorladik va uning retseptini sizlarga ham taqdim etamiz.

Uning asosini xohishingizga qarab o’zgartirishingiz ham mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

2 ta lavash
150 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
200 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
200 gramm pomidor
1 dona qizil bulg'or qalampiri
10-12 dona zaytun mevasi
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq pomidor pastasi
1 choy qoshiq oregano
Qadam 1
Tugllandi

Smetana, pomidor pastasi va oreganoni aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Ikkita lavashni pech patnisi kattaligida kesib olamiz.

Lavashning birinchi xamirini patnisga qo'yamiz, ozroq smetanali aralashmadan surtib, ozgina pishloq sepamiz.

Ustidan ikkinchi lavashni qo'yib, qolgan pomidorli aralashmani surtib chiqamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Barcha masalliqlarni mayda to'g'rab, hammasini lavash ustidan sepamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepib, 180 C darajada 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta lavash
150 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
200 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
200 gramm pomidor
1 dona qizil bulg'or qalampiri
10-12 dona zaytun mevasi
2 osh qoshiq smetana
2 osh qoshiq pomidor pastasi
1 choy qoshiq oregano
oldingi
Uyda tayyorlanilgan sarimsoqpiyozli suxariklar
keyingi
Videoretsept: makkajo’xori uni va olmadan tayyorlangan pirog

1 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz