Xarid qilishda vaqtni qanday tejash mumkin
Xarid qilish uchun qancha vaqt sarflayotganimizni hisoblasak, hatto tasvvurimizga sig’dirolmaydigan raqamni olamiz. Biz tez-tez bozorni yoki do’konni aylanib, javonlarni tomosha qilamiz va natijada «kel- ko’r-sotib ol» o’rniga bir necha soatni behuda sarflaymiz. Shuning uchun biz sizlarga xarid qilishda vaqtni qanday tejash mumkinligini aytib o’tamiz.
Odatda biz ishlar orasidagi bo’sh vaqtimizda yoki ishdan keyin xarid qilamiz. Bunday paytlarda esa qo’shimcha vaqtni peshtaxtalar orasida behuda o’tkazishni istamaymiz, ammo charchoq va aniq reja yo’qligi bizni ko’pincha kechiktiradi. Do’konda bir soat o’rniga bir necha daqiqa vaqt o’tkazish uchun xarid qilishni qanday rejalashtirish kerak?
Mahsulotlar ro’yxati
Oziq-ovqat mahsulotlari ro’yxati ham vaqtni, ham pulni tejaydi. Eng muhimi, unga rioya qilishdir. Biror narsani unutgan yoki unutmaganligingizni o’ylamaslik uchun ro’yxatni oldindan tuzish mumkin. Ro’yxatni qog’ozga ham, telefoningiz yozuvlariga ham kiritishingiz mumkin, ammo bazilar dasturlardan foydalanishni qulayroq deb biladi – ularning soni juda ko’p.
«Купи батон!» (Non sotib oling) – ro’yxatdagi mahsulotlarni guruhlash, ro’yxatlarni saqlash va shuningdek, u yoki bu mahsulotni qayerdan va qancha sotib olganingizni belgilashga imkon beradigan Android uchun oddiy dastur. Kompyuter va iOS uchun variant mavjud.
«За хлебом!» (Nonga) Bu juda oddiy daftar uslubidagi interfeysga ega iOS ilovasi. Mahsulotlar ro’yxatini yuritishga, sotib olingan narsalarni ro’yxatdan o’chirishga va muhim mahsulotlarni ta’kidlashga imkon beradi. Shuningdek, toifalar bo’yicha mahsulotlarning ro’yxatini taklif qiladi. Android uchun versiyasi mavjud.
Sotib olinadigan mahsulotlar ketma-ketligini tuzib chiqing
Odatda, katta supermarketlarda tartib bir xil bo’ladi: birinchi navbatda sabzavot va mevalar, keyin sut mahsulotlari, ichimliklar, uy kimyoviy moddalari, oziq-ovqat mahsulotlari, zalning oxirida esa non va xamir ovqatlar mavjud. Agar siz tez-tez ma’lum bir do’konga tashrif buyuradigan bo’lsangiz, unda javonlar qanday joylashganligini bilasiz: shuni hisobga olgan holda xaridlar ro’yxatini tuzing, shunda undagi kerakli narsalarni qidirib topishingiz shart emas.
Kengroq qadam!
Agar sizga sabzavot va non kerak bo’lsa, u holda siz oziq-ovqat mahsulotlari yoki uy kimyoviy moddalari bilan javonlarda sekinlashmasligingiz kerak. Siz hali odatlanmaguningizcha, javonlarga qaramang: oldingizga maqsad qo’ying – nonga yetib boring – va unga jasorat bilan boring, yorqin qadoqlar va jozibali yozuvlarga e’tibor bermang.
Aravami yoki savatcha?
Agar sizga oz miqdordagi oziq-ovqat kerak bo’lsa, savatchani olish yaxshiroqdir. Arava o’ziga juda ko’p mahsulotlarni sig’diradi, shuning uchun sizga biron bir narsani unutgandek bo’lib tuyuladi. Va bu shuni anglatadiki, siz peshtaxtalar oldida ko’p qolib ketib, qo’shimcha vaqt va pul sarflaysiz.
Savol bering
Agar siz notanish do’konga kirgan bo’lsangiz yoki kerakli mahsulotlar qayerda joylashganligini eslamasangiz, ularni o’zingiz topishga urinmasligingiz kerak. Xodimlardan so’rang va ular sizga albatta yordam berishadi – bu vaqtni tejashga yordam beradi.
Mahsulotlarni ko’rib chiqing
Bu qoidalarga zid bo’lib tuyulishi mumkin, ammo siz sotib olgan mahsulotlar diqqat bilan ko’rib chiqishga arziydi. Mahsulot qadoqi ezilmagan, qutilar – yirtilmagan, sabzavot va mevalar aynimagan bo’lishi kerak. Yaroqlilik muddati, qadoqlash, shtrix-kodga e’tibor bering – aniq bo’lishi kerak. Birinchidan, bu sifatsiz buyum sotib olsangiz, sizni do’konga qaytib borishdan xalos qiladi. Aniq shtrix-kod bu tovarlarning kassada hech qanday muammosiz yorib o’tilishining kafolati.
Qanday navbatda turishni tanlang
Kam odamdan tashkil topgan har bir navbat ham tez ketavermaydi. Yaxshilab e’tibor bering: ehtimol, qisqa navbatdagi odamlar juda ko’p mahsulotlar olgan bo’lishlari mumkin – bunday holda navbat juda sekin o’tadi. Yoki aksincha – ko’p odamdan tashkil topgan navbat tez o’tadi, agar xaridorlar kam-kamdan mahsulot sotib olishgan bo’lsa.
Xaridlarni guruhlarga bo’ling
Siz paketlardan foydalanishingiz yoki sotib olgan narsalaringizni sumkaga solib qo’yishingiz muhim emas: mahsulotlarni kassir stoliga qo’yayotgandayoq guruhlarga ajratib saralang. Bu haqiqatan ham vaqtni tejaydi, chunki kassir ularni sanab, chekni taqdim etgandan keyin mahsulotlarni saralashga shoshilmaysiz.
Tamaddi qilib oling
Ochiqqan odam ko’proq vaqt va pul sarflaydi. Do’konga borishdan oldin tamaddi qilib oling, shunda do’kondagi pishiriqlar yoki dudlangan go’shtlarning xushbo’y ifori sizni keraksiz taomlar javonlari yonida ushlab qololmaydi.
Ro’yxatlaringizni rejalashtiring, harakatlaringizni nazorat qiling. Sizga omadli xaridlar tilaymiz!
Reklama huquqi asosida