Nima tayyorlaymiz: sho’rvalar
Sovuq kunlarda har birimiz ham ko’proq issiq taomlar iste’mol qilishni yoqtiramiz. Ammo har kuni bir xil taom yeyish ham jonga tegadi.
Aynan shuning uchun Zira uz sizlarga sovuq havoda tayyorlanishi shart bo’lgan sho’rvalar retseptlarini taqdim etadi.
Mampar
Mampar — mazali va juda to’yimli suyuq taomlardan biri bo’lib, tayyorlash jarayoni ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Qarsildoq tovuq solingan pishloqli krem-sho’rva
Bunday taom nafaqat mazali, balki juda to’yimli hamdir. Shuningdek uning o’zgacha usulda tortilishi, siz va yaqinlaringizga yoqishi aniq.
Fransuzcha piyozli sho’rva
Fransuz taomlari bejizga dunyo bo’yicha sevib tanovvul qilinmaydi. Chunki hatto piyozdan qilingan taom ham juda tansiq ta’mda chiqadi.
Dudlangan tovuq go’shti solib pishirilgan no’xat sho’rva
Bunday tobida qaynab pishgan sho’rvaga dudlangan tovuq go’shti o’zgacha maza baxsh etadi.Ularga qo’shimcha qilib, nonni sarimsoqpiyoz bilan birga quritib olib tortishingiz ham mumkin.
Xamir bo’lakchalari solib pishirilgan tovuq sho’rva
Sizlarga mazali va to’yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho’rva retseptini taqdim etamiz.