Uyda tayyorlaymiz: bir necha daqiqada tayyorlanadigan salatlar
Ayniqsa yoz mavsumida ko’pchiligimiz ko’p urinishlarsiz tayyorlanadigan yegulik tayyorlashga harakat qilamiz.
Shuning uchun biz sizga 5 daqiqadan, 20 daqiqagacha tayyorlanadigan juda mazali salatlar ro’yxatini taqdim etamiz.
Loviya va suxariklardan qilingan salat
Yengil va nafis ko’rinishli bu salat har qanday dasturxonga fayz bag’ishlashi shubhasiz.
Maroqandcha pomidorli salat
Eng oddiy masalliqlardan oliy ta’mli salat retsepti. Ba’zi bir ziravorlar solinishi sabab ham salat betakror ta’m kasb etadi va bir necha daqiqa ichida tayyorlaniladi.
Oddiy ozdiruvchi salat
Sabzavotlardan tayyorlanilgan bu salat jude yengil bo’lib, ozdirish xususiyatiga ham ega.
Qisqichbaqa tayoqchalardan mazali salat
Bir vaqtning o’zida ham qarsildoq va mayin ta’mni o’zida aks ettiruvchi bu salat kechki taom uchun ham bayram stoli uchun ham ajoyib tanlov bo’la oladi.
«Mujskoy kapriz» salati
Mujskoy kapriz salati resatoran-u kafelarda eng ko’p buyurtma beriladigan, ko’pchilikka sevimli bo’lgan salatlaridan biridir. Bunday salatni uyda tayyorlash ko’pi bilan 15 daqiqa vaqtingizni oladi.
Meksikancha salat
Meksikancha salat yozgi ratsion uchun juda qo’l keladi. Juda yorqin va ishtahaochar bu salat vitaminlarga boyligi bilan sizni xursand qiladi.
«Smak» salati
Bu salat uncha ko’p masalliqlarni talab qilmaydi, unga kerakli mahsulotlar deyarli hammaning muzlatgichidan topiladi.