O’rik to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
O’riklar g’arq pishgan paytda bizlar ulardan to’yib iste’mol qilishga shoshiling, chunki o’rikning organizm uchun foydali xususiyatlari juda serob bo’lib, hozir batafsil gapirib beramiz.
O’rikning foydali xususiyatlari
Shirin va xushbo’y o’riklar O’zbekistondagi eng sevimli mevalardan biri sanaladi. Uning foydali xususiyatlari juda ham ko’p bo’lib, o’zida ko’pgina mikroelementlar, minerallar va vitaminlarni saqlaydi. O’rik quyidagilarda bizlarga yordam beradi:
- mikroblar va bakteriyalarga qarshi kurashadi;
- ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;
- qon bosimini tushiradi;
- organizmda suv yig’ilishini kamaytiradi;
- ko’rish qobilyati va xotirani yaxshilaydi;
- miya faoliyatini yaxshilaydi;
- yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi;
- teri, soch va tirnoq sifatini yaxshilaydi.
O’rikning zararli tomonlari
Qandli diabetga chalingan bemorlar shifokor bilan maslahatlashib, so’ng esa uni iste’mol qilish kerak.
Pankreatit kasalligida 2 tadan ortiq o’riklarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari o’rik allergiyani ham chaqirishi mumkin, shu sababli, ayniqsa yosh onalar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak.
Ozishda o’rikning o’rni
Parhez tutayotgan vaqtda o’riklardan iste’mol qilinsa, ular ochlik hissini bartaraf etishlari mumkin. O’rik shirin, to’yimli va kam kaloriyali mahsulot sanaladi. U o’zida saqlaydigan uglevodlar tez parchalanadi va ortiqcha vazn to’plashga yo’l qo’ymaydi.
Sog’lom odamga bir kunda 1 kilogacha o’rik iste’mol qilishi mumkin. Ammo, uning o’t haydashi sabab ham uni ko’p iste’mol qilishga berilib ketmaslik maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’rikning 100 grammi 44 kKalni tashkil qilib, undan 0.9 grammini oqsillar, 0.1 grammini yog’lar, 9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Mazali o’rikni to’g’ri tanlash
Hech qanday kimyoviy moddalar qo’shilmagan, shirin o’rikni tanlashda uni hidlab ko’rishning o’zi kifoya, bunda u juda xushbo’y is taratishi kerak. Ushlab ko’rganda u yumshoq, lekin tarang bo’lisin. Agar ular juda pishib ketgan bo’lsa, unda bunday o’rikdan jem yoki povidlo tayyorlash mumkin.
O’riklar tezda aynishi sabab, ularni uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi. Ularni sovutgichda bir necha kungacha saqlash mumkin.
Pazandachilikda o’rikning o’rni
O’rik va turshakdan nafaqat shirinliklar, balki taomlar ham tayyorlashadi. Agarda siz turshak qo’shib tayyorlaniladigan tovuqli taomdan hali ta’tib ko’rmagan bo’lsangiz, endilikda buning iloji bor! O’rik bilan tayyorlaniladigan bizlarning eng sevimli retseptlarimizni quyida ko’rishingiz mumkin:
- O’rik qo’shib tayyorlanilgan tvorogli pirog haqiqiy yozbop shirinlik hisoblanadi;
- Marta Styuartning o’rikli keksidan esa hali ta’tib ko’rmabsiz, bu dunyoga kelmabsiz, haqiqatdan ham juda mazali;
- Bulgur, turshak va tovuq go’shtidan tayyorladigan noodatiy taom ajoyib ta’mda chiqadi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning o’zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Tayyorlab ko’rish kerak Raxmat maslahatla suchun