fbpx
Videoretsept: zanjabilli pryaniklarga ega medovik

Videoretsept: zanjabilli pryaniklarga ega medovik

Masalliqlar:

  • kremi uchun

  • glazuri uchun

Yo’nalishlar

Hammaga yaxshi tanish bo’lgan asalli «Medovik» torti – bu hattoki shirinliklarga befarq odamlar ham rad eta olmaydigan zavqdir.

Bunday ko’rinishga ega medovik esa bayram shukuhini taqdim etishi aniq!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 68 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

300 gramm shakar
600 gramm un
3 ta tuxum
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
bir chimdim maydalangan zanjabil
150 gramm yumshatilgan sariyog'
3 osh qoshiq asal
kremi uchun
400 gramm 20% yog'li smetana
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq
250 gramm quyultirilgan sut
glazuri uchun
30 gramm tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Idishda tuxum, bir chimdim tuz va shakarni mikser yordamida ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ko'pirtirilgan massani idishga solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sariyog', zanjabil va asal solib, o'rtacha olovga qo'yamiz va aralashtirib turamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Massani olovdan olib, soda solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Massa ko'payishini kutib, so'ngra xona haroratigacha sovutamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oz-ozdan un solib, avval idishda, so'ngra un sepilgan stolda xamir qoramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni 13 ga bo'lamiz va ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 40 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sovugan xamir bo'laklarini pergament qog'ozi ustida 18-20 sm diametrda yoyib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamir yaxshi pishishi uchun, uni sanchqi yordamida teshib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ko'rjlarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 5-7 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ko'rjlar issiq paytida 18-20 sm diametrli qolip yordamida dumaloq shakl kesib olamiz.

Xamir chetlarini maydalaymiz.

Qadam 12
Tugallandi

Qolgan xamirni 3 mm qalinlikda yoyib, qolip yordamida uycha shaklini kesib chiqamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Uychalarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 3-5 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 14
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Smetana, qaymoq va quyultirilgan sutni ko'pirtiramiz.

Qadam 15
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz:

Alohida idishda tuxum oqini ko'pirtirib, shakar upasi solamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Har bir pryanikni glazur bilan bezatib, xona haroratida quritamiz.

Qadam 17
Tugallandi

Tortni yig'amiz:

Har bir ko'rjga krem surtib, tortni yig'amiz. Ustiga va yonlariga krem surtib, ko'rjning maydalangan uvoqlarini sepamiz.

Qadam 18
Tugallandi

Tortni 6-8 soatga muzlatgichga yuboramiz, so'ngra pryaniklarning orqasiga krem surtib, tortga yopishtirib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm shakar
600 gramm un
3 ta tuxum
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
bir chimdim maydalangan zanjabil
150 gramm yumshatilgan sariyog'
3 osh qoshiq asal
kremi uchun
400 gramm 20% yog'li smetana
100 gramm 35 %li yog'li qaymoq
250 gramm quyultirilgan sut
glazuri uchun
30 gramm tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
oldingi
Videoretsept: «Qahvaxonadagidek» bolalar kakaosi
keyingi
Videoretsept: limonli kurdga ega merengali rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.