fbpx
Videoretsept: «Rudolf» yangi yil pechenyesi

Videoretsept: «Rudolf» yangi yil pechenyesi

Masalliqlar:

  • Bezagi uchun:

Yo’nalishlar

Bugun bizlar sizlarga «rojdestvo» bayrami hikoyalarining bosh qahramoni «Rudolf» kiyigi aks ettiriladigan pechenyelar tayyorlashni o’rgatamiz. Bunday yegulikni bezatish jarayoni esa katta-yu kichikka birdek zavq bag’ishlaydi.Quyidagi masalliqlardan taxminan 50 dona pechenyelar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

280 gramm un
100 gramm maydalangan yong'oq xuddi undek maydalash lozim
130 gramm shakar
200 gramm muzdek sariyog'
2 ta tuxum sarig'i
1 choy vanil shakari
1 osh qoshiq limon sharbati
1 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan limon po'sti
bir chimdim tuz
Bezagi uchun:
60 gramm eritilgan qora shokolad
burunchalari uchun mayda konfetchalar
Qadam 1
Tugallandi

Un bilan sariyog'ni qo'lda yaxshilab ishqalab olamiz. Ustidan xamiriga mo'ljallangan barcha masalliqlarni solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni 2-3 bolakka bo'lamiz. Har bir bo'lagidan disksimon yassi shakl yasaymiz, yelim xaltaga solib, sovutgichga yarim soatga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tingan xamirlarni olib, un sepilgan yuza ustida 0,5 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aylanasi 4 sm li qolipcha yordamida xamirdan pechenyelar kesib chiqamiz va pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

170-175 C darajada qizigan gaz pechida 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pechenyelarni sovutib olamiz, so'ng esa eritilgan shokoladbilan bezatamiz. Burnidagi konfet ostidan bir tomchi shokolad quyib, so'ng yopishtiramiz. Xona haroratida 1-2 soat saqlab, so'ng xohishga qarab yopiq konteynerga solib saqlab qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

280 gramm un
100 gramm maydalangan yong'oq xuddi undek maydalash lozim
130 gramm shakar
200 gramm muzdek sariyog'
2 ta tuxum sarig'i
1 choy vanil shakari
1 osh qoshiq limon sharbati
1 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan limon po'sti
bir chimdim tuz
Bezagi uchun:
60 gramm eritilgan qora shokolad
burunchalari uchun mayda konfetchalar
oldingi
Zanjabilli yoriq pryaniklar
keyingi
Tunets balig’i va makkajo’xoridan tayyorlangan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.