Zanjabilli yoriq pryaniklar

Zanjabilli yoriq pryaniklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kichkinagina va juda mazali bu prayinklar shokoladga to’yingan bo’lib, tayyorlash jarayoni ham juda oddiydir. Bu retsept har doim kerak bo’lib qolishi mumkin, shu sabab ham uni saqlab olishni unutmang.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

250 gramm un
110 gramm suyuq asal
70 gramm sariyog'
70 gramm shakar upasi
1 dona tuxum
1/3 choy qoshiq qabartma
1/3 choy qoshiq maydalangan dolchin
2/3 choy qoshiq zanjabil
belab olosh uchun shakar upasi
2 osh qoshiq kakao
Qadam 1
Tugllandi

Tuxumni shakar upasi bilan birga ko'pirtirib olamiz. Ustidan suyuq asal va xona haroratida yumshagan sariyog'ni solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Un, qabartma, dolchin, zanjabil va kakaoni elab olamiz va aralashma ustidan solib qo'lga yopishmaydigan xamir qorib olamiz.

Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirdan bir xil kattalikdagi koptikchalar yasab olamiz va shakar upasiga belab olamiz. Pergament qog'oz ustiga terib, 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida ko'pi bilan 12-13 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm un
110 gramm suyuq asal
70 gramm sariyog'
70 gramm shakar upasi
1 dona tuxum
1/3 choy qoshiq qabartma
1/3 choy qoshiq maydalangan dolchin
2/3 choy qoshiq zanjabil
belab olosh uchun shakar upasi
2 osh qoshiq kakao
oldingi
Parhezbop “Olivye” salati
keyingi
Videoretsept: “Rudolf” yangi yil pechenyesi

Fikringiz