fbpx
Videoretsept: pryanikdan uy

Videoretsept: pryanikdan uy

Masalliqlar:

  • Pryaniklar uchun

  • Glazur uchun

Yo’nalishlar

O’z qo’lingiz bilan tayyorlangan mo’jizaviy pryanikdan uycha ham bayramona uy bezagi, ham yaqinlar uchun sovg’a uchun ajoyib tanlov.

Shuningdek, uycha ichiga kichkina sham qo’ysangiz, ichidan sham nurlari ko’rinib, ajoyib muhit yaratadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Pryaniklar uchun
80 gramm shakar
160 gramm asal
1,5 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
125 gramm sariyog'
1 ta tuxum
420 gramm un
Glazur uchun
2 ta tuxum oqi
400 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Trafaret tayyorlaymiz

Kartondan pryanikdan uy uchun qolipni kesib chiqamiz.
Qolip faylini bizning telegram kanalimizda topishingiz mumkin.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Idishda shakar, asal, dolchin, zanjabil va muskat yong’og’ini birlashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Idishni olovga qo’yib o’rtacha olovda shakar eriguncha isitamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Iste’mol sodasi qo’shib tezda aralashtiramiz. Ko’pik ko’tarilishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Issiq aralashmaga sariyog’ qo’shib, eriguncha aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Massani boshqa idishga quyib, 10-15 daqiqaga sovutgani olib qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirga tuxum qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Oz-ozdan un qo’shib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pryanik tayyorlaymiz

Xamirni bir qismini pergament qog’ozi ustida 4-5 mm qalinlikda yoyib, kartondan qolipni qo’yib, detallarni kesib chiqamiz.
2 ta uycha uchun 6 ta detal bo’lishi kerak. Qolgan xamirdan, bezak uchun, pryaniklar pishirish mumkin.

Qadam 10
Tugallandi

Ehtiyotkorlik bilan uycha qismlari solingan pergament qog’ozini patnisga qo’yib, 170C gacha qizdirilgan pechga 7 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor qismlarni sovutamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz

Idishda tuxum oqini ko’pik hosil bo’lguncha ko’pirtiramiz. Oz-ozdan shakar upasi sepib ko’pirtirishni davom etamiz. Glazur quyuq bo’lishi kerak.

Qadam 13
Tugallandi

Hosil bo’lgan glazurni qandolat qopchasiga solib, uchini kichkina qilib kesamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Uycha devorlari va tomini xohishga ko’ra naqshlar bilan bezatib, uni qurishini kutamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Uycha yeg’amiz

Bezalgan qismlarni bir-biriga glazur yordamida yopishtirib uychani teramiz.
Maslahat: uycha devorlari tekkis turishi uchun, yeg’ish jarayonida ichiga stakan yoki quti qo’yish mumkin.

Qadam 16
Tugallandi

Birinchi devorlarni yopishtiramiz, quriganidan so’ng tomini. Tomiga glazurni, qorga o’xshatib, ko’pgina quyish mumkin.

Qadam 17
Tugallandi

Glazur butunlay qurishi uchun uychani 2-3 soatga qoldiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 2
  • Murakkab
  • 170C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Pryaniklar uchun
80 gramm shakar
160 gramm asal
1,5 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
125 gramm sariyog'
1 ta tuxum
420 gramm un
Glazur uchun
2 ta tuxum oqi
400 gramm shakar upasi
oldingi
Videoretsept: «Archa» sloykalari
keyingi
Videoretsept: marinadlangan qo’ziqorin va bodringli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.