Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan qulupnayga ega tvorogli tort
Masalliqlar:
-
200 gramm maydalangan qumoq pechenye (pesochniy)
-
100 gramm yumshatilgan sariyog'
-
tvorogli qavatiga
-
300 gramm tvorog
-
200 gramm 20% yog'li smetana
-
80 gramm shakar
-
15 gramm jelatin
-
70 millilitr suv
-
70 gramm qulupnay
-
qulupnayli qavati uchun
-
45 gramm Dr.Oetkerdan malina ta'mili jele
-
200 millilitr qaynoq suv
-
150 gramm qulupnay
Yo’nalishlar
Oson tayyorlanadigan pishirishni talab etmaydigan qulupnayga ega tvorogli tort – bundan yaxshiroq yana nima bo’lishi mumkin? Ushbu desert aniq sizning sevimli shirinliklaringiz orasidan joy oladi.
Bunday tortni mavsumga qaramay yangi chiqqan qulupnay yoki muzlatilgani bilan tayyorlash mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm maydalangan qumoq pechenye (pesochniy) | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
tvorogli qavatiga |
|
300 gramm tvorog | |
200 gramm 20% yog'li smetana | |
80 gramm shakar | |
15 gramm jelatin | |
70 millilitr suv | |
70 gramm qulupnay | |
qulupnayli qavati uchun |
|
45 gramm Dr.Oetkerdan malina ta'mili jele | |
200 millilitr qaynoq suv | |
150 gramm qulupnay |
Asosini tayyorlaymiz:
Maydalangan qumoq pechenyega yumshatilgan sariyog' solib, aralashtiramiz.
Tayyor massani 20 sm diametrga ega yechiladigan qolipga solamiz (qolip tagiga pergament qog'ozini solamiz).
Pechenyeli massani tekkislab, 10 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Tvorogli asosini tayyorlaymiz:
Jelatinga suv solib, ishishi uchun 15 daqiqaga qoldiramiz.
Qulupnayni katta bo'laklarga bo'lamiz.
Idishga tvorog, smetana va shakar solib, blender yordamida aralashtiramiz.
Jelatinni olovga qo'yib eritamiz, ammo qaynatib yubormaymiz. Tvorogli massaga solib, blender yordamida aralashtiramiz.
So'ngra qulupnay solib, silikon lopata yordamida aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan massani qotgan pechenyeli asos ustiga quyib, 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Qulupnayni qavatini tayyorlaymiz:
Qaynoq suvga jele solib, aralashtiramiz va sovutamiz.
Qulupnayni bir xil, chiroyli qilib, parraklarga bo'lamiz.
Qulupnay parraklarini qotgan tvorogli massa ustiga terib, ustidan ehtiyotkorlik bilan sovugan jeleni quyamiz.
Toqrtni 3 soatga muzlatgichga yuboramiz.
E'tibor bering: qulupnay biroz suzib chiqadi, lekin bu qo'rqinchli emas - jele baribir qotadi va juda chiroyli bo'ladi.
Masalliqlar:
200 gramm maydalangan qumoq pechenye (pesochniy) | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
tvorogli qavatiga |
|
300 gramm tvorog | |
200 gramm 20% yog'li smetana | |
80 gramm shakar | |
15 gramm jelatin | |
70 millilitr suv | |
70 gramm qulupnay | |
qulupnayli qavati uchun |
|
45 gramm Dr.Oetkerdan malina ta'mili jele | |
200 millilitr qaynoq suv | |
150 gramm qulupnay |