Tuxum sarig’idan tayyorlangan kulich
Masalliqlar:
-
300 gramm un
-
5 gramm quruq xamirturush
-
150 millilitr 10 % li qaymoq
-
7 ta tuxum sarig'i
-
75 gramm sariyog'
-
80 gramm shakar
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
2 choy qoshiq vanil shakari
-
glazur uchun
-
250 gramm shakar upasi
-
2 ta tuxum oqi
-
2 choy qoshiq limon sharbati
Yo’nalishlar
Tuxum sarig’idan tayyorlangan kulichlar juda mayin va yumshoq bo’lib pishadi. Albatta, buning uchun odatdagidan ko’proq mehnat sarflash kerak bo’ladi, ammo ishonavering ushbu kulichlar bunga arziydi.
Maslahat! Qolgan tuxum oqlaridan boshqa pishiriq yoki kulich uchun glazur tayyorlashingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm un | |
5 gramm quruq xamirturush | |
150 millilitr 10 % li qaymoq | |
7 ta tuxum sarig'i | |
75 gramm sariyog' | |
80 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
2 choy qoshiq vanil shakari | |
glazur uchun |
|
250 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum oqi | |
2 choy qoshiq limon sharbati |
Iliq qaymoqqa xamirturush qo'shamiz. Alohida idishga 120 gramm un solib, ustidan xamirturushli qaymoqni qo'shamiz va yaxshilab aralashtiramiz. Xamir quymoq xamiriga o'xshash bo'lishi kerak.
Xamirli idish ustini sochiq bilan yopib, issiq joyga xamir 2-3 marotaba oshishi uchun 3 soatga qo'yamiz.
Idishga tuz, shakar, vanil shakari va tuxum sarig'ini qo'shib, mikser yordamida 3-5 daqiqa massa ko'pirgunicha aralashtiramiz.
Boshqa idishda yumshatilgan sariyog'ni mikserda aralashtiramiz.
Qolgan un, opara va ko'pirtirilgan tuxum sarig'ini birlashtirib yumshoq xamir qorib olamiz.
Xamirni quruq (un sepilmagan) stol ustiga qo'yib, 10 daqiqa xamir qo'l va stoldan oson ajrala boshlagunicha mushtlaymiz. So'ngra xamirga sariyog'ni qo'shib, yana mushtlaymiz.
Xamirni o'simlik yog'i suritilgan idishga qo'yib, ustini yopamiz va xamir oshgunicha 2-3 soatga issiq joyga qo'yib qo'yamiz.
Oshgan xamirni mushtlab, qolipga kerakli bo'lgan miqdorda bo'laklarga bo'lib olamiz. Xamir qolipning ⅓ dan ko'p qismini egallamasligi kerak.
Qolipning tagi va yonlariga o'simlik yog'ini suritamiz. Xamirning xar bir qismini dumaloqlab, qolipga joylashtiramiz va issiq joyga xamir 2 baravar oshishi uchun qo'yamiz.
Kulichlarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-40 daqiqa pishirib olamiz. Pishirish vaqti kulichlarning hajmiga qarab o'zgaradi.
Glazur tayyorlaymiz:
Mikserning past tezligida tuxum oqini aralashtirib, oz-ozdan shakar upasi va limon sharbatini qo'shamiz va aralashtirishda davom etamiz.
Bir ikki tomchi vanil ekstrakti qo'shishingiz ham mumkin.
Masalliqlar:
300 gramm un | |
5 gramm quruq xamirturush | |
150 millilitr 10 % li qaymoq | |
7 ta tuxum sarig'i | |
75 gramm sariyog' | |
80 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
2 choy qoshiq vanil shakari | |
glazur uchun |
|
250 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum oqi | |
2 choy qoshiq limon sharbati |