fbpx
“Sinnabon” bulochkasi (cinnabon)

“Sinnabon” bulochkasi (cinnabon)

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Bir qarashda sevib qolish haqida eshitganmisiz? Bu Sinnabon bulochkalariga tegishli iboradir. Juda mayin va dolchinga qorishtirilgan bulochkalar ta’mi hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

Agarda siz bizning retseptga amal qilsangiz, aslidan farq qilmaydigan bulochkalar pishirishga to’liq erishasiz.

Masalliqlar:

Xamiriga:
250 millilitr sut
1 ta tuxum
65 gramm eritilgan sariyog'
3 osh qoshiq iliq suv
bir choy qoshiq vanil
450-500 gramm un
bir chimdim tuz
3 osh qoshiq shakar
2 choy qoshiq quruq xamirturush
Asosiga:
200 gramm shakar
4-5 osh qoshiq yangi tuyilgan dolchin
50 gramm yumshatilgan sariyog'
Glazuriga:
150 gramm qaymoqli pishloq
100 gramm shakar upasi
1 osh qoshiq limon sharbati
1 osh qoshiq sut
Qadam 1
Tugllandi

Avval opara tayyorlab olamiz. Iliq sutning yarmiga suv, 1 osh qoshiq shakar va xamirturushni solamiz, aralashtirib ustini yopamiz va 10-15 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Sariyog', qolgan 2 osh qoshiq shakar va tuxumni venchik yordamida aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ustidan qolgan sut, tuz, un, vanil va oparani solib, aralashtiramiz. O'rtacha yumshoqlikdagi xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Ustini sochiq bilan yopamiz va 45 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz. Xamir ikki hissaga oshganidan so'nggina keyingi bosqichga o'tamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Asosiga kerakli barcha masalliqlarni alohida idishga solib, qoshiqda aralashtirib olamiz. Aralashma ko'rinishi nam tortgan tuzga o'xshab qoladi.

Qadam 6
Tugllandi

Oshgan xamirni to'rtburchak qilib, 5 mm qalinlikda yoyib olamiz. Ustiga asosini solib chiqamiz va tekislaymiz.

Qadam 7
Tugllandi

Yoyilgan xamirni bir tomonidan xuddi ruletdek o'rab chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Xamirni 3 sm qalinlikda bo'laklarga bo'lib chiqamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Bulochkalarni kattaroq qolipga terib chiqamiz. Ularning pishish jarayonida shishishi uchun orasiga oz-ozdan joy qoldirsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Qadam 10
Tugllandi

Qolipdagi bulochkalarni ustini sochiq bilan yopib, 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 11
Tugllandi

Yana ko'tarilgan bulochkalarni 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 12
Tugllandi

Qaymoqli pishloqqa shakar upasi, limon sharbati va sutni solib aralashtirib olamiz, so'ng mikserda biroz ko'pirtirib olamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Pishgan bulochkalarni gaz pechidan olamiz va ustiga glazurdan quyamiz. Biroz sovutib, so'ng esa iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
250 millilitr sut
1 ta tuxum
65 gramm eritilgan sariyog'
3 osh qoshiq iliq suv
bir choy qoshiq vanil
450-500 gramm un
bir chimdim tuz
3 osh qoshiq shakar
2 choy qoshiq quruq xamirturush
Asosiga:
200 gramm shakar
4-5 osh qoshiq yangi tuyilgan dolchin
50 gramm yumshatilgan sariyog'
Glazuriga:
150 gramm qaymoqli pishloq
100 gramm shakar upasi
1 osh qoshiq limon sharbati
1 osh qoshiq sut
oldingi
“Jezerye” turkcha shirinligi
keyingi
Bodom va kardamon solib pishirilgan olmali maffinlar

Fikringiz