Qovoqli rulet
Masalliqlar:
-
3o gramm shakar upasi
-
96 gramm un
-
yarim choy qoshiq qabartma
-
yarim choy qoshiq iste'mol sodasi
-
3 ta tuxum
-
1/4 choy qoshiq tuz
-
1 osh qoshiq qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar
-
1choy qoshiq vanil ekstrakti
-
175 gramm shakar
-
150 gramm qovoqli pyure
-
Kremiga:
-
200 gramm qaymoqli pishloq
-
100 gramm shakar upasi
-
6 osh qoshiq yumshatilgan sariyog'
-
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
-
Yo’nalishlar
Yumshoq va juda shirin, qovoqli pyuredan tayyorlangan rulet kremi qaymoqli pishloqdan tayyorlanilib, ta’mi chizkeykka o’xshab ketadi.
Qovoqlar tugab qolmasdan bunday ruletlardan tayyorlashni tavsiya qilamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3o gramm shakar upasi | |
96 gramm un | |
yarim choy qoshiq qabartma | |
yarim choy qoshiq iste'mol sodasi | |
3 ta tuxum | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar | |
1choy qoshiq vanil ekstrakti | |
175 gramm shakar | |
150 gramm qovoqli pyure | |
Kremiga: |
|
200 gramm qaymoqli pishloq | |
100 gramm shakar upasi | |
6 osh qoshiq yumshatilgan sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil ekstrakti | |
Gaz pechini 190 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz.
Toza qo'l sochiqqa shakar upasidan sepib, chetga olib qo'yamiz.
Barcha quruq masalliqlar: un, qabartma, iste'mol sodasi, qovoqli pirog uchun ziravorlar* va tuz solib aralashtirib olamiz.
*Amerikada mashhur bo'lgan pumpkin pie ziravori uchun 4 choy qoshiq dolchin, 2 choy qoshiq maydalangan zanjabil, 1 choy qoshiq maydalangan gvazdika va 1/2 choy qoshiq muskat yong'og'i solib aralashtirib olinadi.
Alohida idishga tuxum, shakar va vanilinni solib ko'pirtirib olamiz.
Ko'pirtirilgan tuxumga qovoqli pyureni solib aralashtiramiz.
Suyuq aralashmani quruq massa bilan aralashtiramiz, suyuq xamir hosil bo'ladi.
Xamirni pergament qog'ozga tekislab solib chiqamiz.
Uni gaz pechiga qo'yib, 13-15 daqiqa pishirib olamiz. Barmoq bilan bosganda birinchi holatiga qaytsa tayyor hisoblanadi.
Xamirni shakar upasi sepilgan sochiqqa qo'yib, pergament qog'ozini olib tashlaymiz va rulet qilib o'raymiz.
Rulet sovigunga qadar kremni tayyorlab olamiz. Buning uchun qaymoqli pishloq, yumshagan sariyog', shakar upasi va vanil ekstraktini solamiz. Yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Kremni olib biskvitga surtib chiqamiz va o'raymiz. Oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, sovutgichga 1 soatga olib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3o gramm shakar upasi | |
96 gramm un | |
yarim choy qoshiq qabartma | |
yarim choy qoshiq iste'mol sodasi | |
3 ta tuxum | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar | |
1choy qoshiq vanil ekstrakti | |
175 gramm shakar | |
150 gramm qovoqli pyure | |
Kremiga: |
|
200 gramm qaymoqli pishloq | |
100 gramm shakar upasi | |
6 osh qoshiq yumshatilgan sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil ekstrakti | |