fbpx
Chia urug’chalaridan solib tayyorlangan 4 xil pudinglar

Chia urug’chalaridan solib tayyorlangan 4 xil pudinglar

Masalliqlar:

  • Anor sharbatidan qilingan chia puding:

  • Qovoqli pyuredan tayyorlangan chia puding:

  • Yogurt va anjir solingan chia puding:

  • Shokoladli chia puding:

Yo’nalishlar

Bugun bizlar chia urug’chalaridan tayyorlaniladigan 4 xil ajoyib pudinglar retseptini taqdim etamiz.

Chia urug’chalari superfud mahsulot deb hisoblashadi. Foydali va yangicha mahsulotlardan tayyorlab ko’rish har doim ham qiziqdir. Shu sabab ham.bizlar undan tayyorladik va taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.

 

Chia urug’chalaridan tayyorlangan pudingni asosan nonushtada iste’mol qilishadi. Uni tayyorlashda suyuqlikka ivitilib qo’yiladi xolos. Eng maqbul miqdori: 3 osh qoshiq chia urug’chalariga (25 gr) 1 stakan suyuqlik solish (250 millilitr), qolgani sizning ijodingizga bog’liq.

 

Сhia urug’chalarini bizlar iHerb.com onlayn do’konida buyurtma berdik.

Toshkentda bunday mahsulotlarni to’g’ri ovqatlanishga mo’ljallangan do’konlardan topish mumkin.

 

Shunday qilib, 4 xil chia puddinglar retseptini taqdim etamiz.

Masalliqlar:

Anor sharbatidan qilingan chia puding:
25 gramm chia urug'chasi
100 millilitr anor sharbati
150 millilitr bodomli sut
xohlagan rezavor mevalar
2 osh qoshiq xohlagan rezavor mevalardan pyure
ta'bga qarab bodom
Qovoqli pyuredan tayyorlangan chia puding:
25 gramm chia urug'chasi
250 millilitr bodomli sut
8 osh qoshiq qovoqli pyure
25 gramm tozalangan qovoq urug'i yoki pista
1 osh qoshiq asal
1/3 choy qoshiq sevimli ziravorlar
Yogurt va anjir solingan chia puding:
3 osh qoshiq chia urug'chasi
150 millilitr shakarsiz yogurt
3-4 dona anjir mevasi
25 gramm tozalangan yong'oq
1/3 choy qoshiq vanilin
1 osh qoshiq asal
Shokoladli chia puding:
3 osh qoshiq chia urug'chasi
2 choy qoshiq kakao
150 millilitr bodomli sut
1 osh qoshiq kakos qirindisi
1/2 osh qoshiq zarang daraxti qiyomi
Qadam 1
Tugallandi

Anor sharbatidan qilingan chia pudingi

Chia urug'chasini yarmini anorli sharbatga, yarmini esa bodomli sutga solib, aralashtirib olamiz. Bir necha soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'ysak, chia urug'chalari shishadi. So'ng stakanga avval bodomli chia, ustidan qulupnayli yoki xohlagan rezavor mevadan tayyorlangan pyure, so'ng anorli chia urug'chalaridan solamiz. Ustidan yong'oq, pista yoki rezavor mevalar bilan bezatamiz. Ta'bga qarab shakar ham qo'shamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qovoqli pyure solingan chia pudingi

Bodomli sutga chia urug'chasini solib, bir necha soat yoki bir kechaga sovutgichgs olib qo'yamiz. Stakanga qovoqli pyure, ustidan bo'kkan chia urug'chalari solingan bodomli sut, ustidan tana qovoqli pyure solamiz. So'ng ustini qovoq danakchalari yokibpista bilan bezatamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yogurtli chia pudingi

Yogurtga chia urug'chalari va vanilni solib aralashtiramiz. Ikki soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz. Anjirlarni ikki yoki to'rt bo'lakka bo'lib, stakanga solamiz. Ustidan bodomli sutni quyamiz. Ustidan asal quyib, anjirlar bilan bezatamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shokoladli chia pudingi

Bodomli sutning yarmiga kakaoni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Ustidan chia urug'chalarining yarmini solib, qolgan yarmini ortgan bodomli sut bilan aralashtirib olamiz. Ikki soat yoki bir kechaga sovutgichag olib qo'yamiz. So'ng stakanlarga navbati bilan solib, ustini kakos qirindisi yoki shokolad bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Anor sharbatidan qilingan chia puding:
25 gramm chia urug'chasi
100 millilitr anor sharbati
150 millilitr bodomli sut
xohlagan rezavor mevalar
2 osh qoshiq xohlagan rezavor mevalardan pyure
ta'bga qarab bodom
Qovoqli pyuredan tayyorlangan chia puding:
25 gramm chia urug'chasi
250 millilitr bodomli sut
8 osh qoshiq qovoqli pyure
25 gramm tozalangan qovoq urug'i yoki pista
1 osh qoshiq asal
1/3 choy qoshiq sevimli ziravorlar
Yogurt va anjir solingan chia puding:
3 osh qoshiq chia urug'chasi
150 millilitr shakarsiz yogurt
3-4 dona anjir mevasi
25 gramm tozalangan yong'oq
1/3 choy qoshiq vanilin
1 osh qoshiq asal
Shokoladli chia puding:
3 osh qoshiq chia urug'chasi
2 choy qoshiq kakao
150 millilitr bodomli sut
1 osh qoshiq kakos qirindisi
1/2 osh qoshiq zarang daraxti qiyomi
oldingi
Uyda tayyorlanilgan lapshalar solingan tovuqli sho’rva
keyingi
«Oreo» shokoladli kulchalar (ponchik)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.