fbpx
  • Asosiy
  • Videoretsept
  • Videoretsept: Tunets balig’idan qilingan qayla bilan tortiladigan kartoshka qalamchalari
Videoretsept: Tunets balig’idan qilingan qayla bilan tortiladigan kartoshka qalamchalari

Videoretsept: Tunets balig’idan qilingan qayla bilan tortiladigan kartoshka qalamchalari

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Pechda tillarangga kirgunicha pishiriladigan kartoshka va tunets balig’idan tayyorlangan mana bunday yegulik dasturxoningizga ko’rk berishi aniq.

Paprika va rozmarindan taralgan ifor esa uyingizni bir pastda chulg’ab oladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

700-800 gramm kartoshka
1 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 osh qoshiq rozmarin
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1/2 choy qoshiq tuz
Qaylasiga:
200 gramm konservalangan tunets balig'i
1 choy qoshiq xantal donachalari
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq mayonez
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugllandi

Kartoshkani yuvib, bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Kartoshkalarni idishga solib, ustidan ziravorlar sepamiz va o'simlik yog'ini quyib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Kartoshkalarni pergament qog'oz ustiga to'shaymiz.

Qadam 4
Tugllandi

180 C darajada qizigan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganligini sanchiq yordamida tekshiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qaylasiga:

Barcha masalliqlarni bitta idishga solamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Blenderda ezib, silliq holatga keltiramiz.

Mazali yegulik ham tayyor, yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

700-800 gramm kartoshka
1 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 osh qoshiq rozmarin
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1/2 choy qoshiq tuz
Qaylasiga:
200 gramm konservalangan tunets balig'i
1 choy qoshiq xantal donachalari
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq mayonez
ta'bga qarab tuz
oldingi
“Smak” salati
keyingi
Har xil rangli chuchvaralar

Fikringiz