Navro’zni nishonlaymiz: qanday qilib bayramona dasturxon yozish mumkin
Chiroyli dasturxon tuzish moliya jihatidan qiyin va qimmat emas. Videoimizda biz Navro’z uchun qanday qilib dasturxonni chiroyli tarzda servirovka qilishni ko’rsatamiz.
Navro’z butun oilamizni va yaqin do’stlarimizni bitta dasturxonga yig’adigan eng uzoq kutilgan bayramlardan biridir. Chiroyli dasturxon ziyofatga o’zgacha muhit bag’ishlaydi. Sizlarga bayramona stol bezaklarini yaratishga yordam beradigan bahoriy, yorqin va shubhasiz samimiy g’oyalarni taklif qilamiz.
Servirovka qilish uchun nimadan foydalanish mumkin? Sizning qo’lingizda bo’lgan deyarli hamma narsa! Bir-biriga mos keladigan turli xil salfetkalar, bayramona dasturxon, mato bo’laklari, bahorgi ko’katlar … Unutmang-ki, stoldagi idishlar ham uning bezagiga aylanadi. Chiroyli idishlar noz-ne’matlarning go’zalligini ortirishga yordam beradi: unga mablag’ ‘ajratish orqali siz har bir bayramni butunlay o’zgacha qilishingiz mumkin. Va «Ishonch» do’konlari tarmog’ida siz pulini bo’lib to’lash tizimi orqali zarur bo’lgan barcha narsani sotib olishingiz mumkin, bu sizning byudjetingizni tejashga yordam beradi.
Bayramona dasturxon tuzishda yana yangi gullar yordam berishi mumkin: guldastalarni stol ustiga qo’ying, shunda ular tashqi ko’rinishi va xushbo’yligi bilan mehmonlarga yilning eng go’zal faslini eslatib turadi.
Ushbu bayramda sizga iliqlik, go’zallik va eng qulay ziyofatni tilaymiz!
Instagram-dagi rasmiy sahifa: @ishonchsavdouz
Rasmiy Telegram sahifasi: ISHONCH mijozlari
Rasmiy Facebook sahifasi: @ishonchsavdouz
reklama huquqi asosida