Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Muza» dan somsa uchun xamir
«MuzA» brendidan yangilik: barchamiz bolaligimizda iste’mol qilgan xamiri qarsildoq, ko’p qatlam va naqshga ega somsalar uchun xamir. Sizga xamirning nima uchun o’zgacha ekani va u bizga nimasi bilan yoqib qolgani haqida aytib beramiz.
Taassurotlarimiz bilan o’rtoqlashamiz.
Biz tez-tez «Muza» xamiridan foydalanamiz va yangi mahsulot – somsa uchun qatlama xamirni ko’rib, uni ham sinab ko’rishga qaror qildik. Yangi mahsulot qanday farq qilishi mumkin – axir «MuzA» da somsa uchun xamir bor edi-ku, deb o’yladik. Ammo brend bizni ajablantira oldi.
Ko’pchiligimiz uchun bolalikdagi tong, chizilgan laganga qo’yilgan buvijonlarimiz tomonidan tayyorlangan yanog’i qizil somsalarning xushbo’y iforidan boshlanar edi. Bu somsalar qandaydir sehrli edi: hattoki tushlik yoki kechki ovqatgacha ham somsalar xuddi shunday tiniq, xushbo’y va qarsildoq bo’lib qolaverar edi. Somsa yuzasidagi yaqqol ajralib turuvchi «bosh kiyimini» esa ba’zilarimiz buvijonlarimizning o’zi chizgan deb o’ylar edik, ammo qanday qilib – bu sir bo’lib qolardi.
Ushbu somsalar beg’am bolalikda qoldi – yoki hozir sariyog’ boshqacha, yoki un, lekin biz bu go’zal pishiriqni takrorlay olmadik. «MuzA» ning yangi xamiridan somsa pishirganimizda, biz somsa «qopqog’i» da maxsus qizarish, qaymoqli ta’mga ega ingichka xamir – xullas kalom har qanday narsani kutdik. Ammo gaz pechidan biz bolaligimizdagidek somsalarni oldik: somsa yanog’idagi o’zgacha qizarish, chizilgan kabi tiniq qatlamlar va qarsildoq xamir.
Kun davomida bizning tahririyatimiz bolaligiga qaytdi: biz lokopchalardan xamir uvog’larini yig’dik, juda g’ayrioddiy xursandchilikdan zavqlanib, kechki ovqatni kutdik, bir vaqtning o’zida barcha somsalarni yemaslikka harakat qildik. U qarsildoq bo’lib qoladimi? Ha! Somsalar qarsildoqligini hattoki ertasi kuni ham yo’qotmadi.
Ushbu xamir bizni chindan ham ajablantirdi, xursand qildi va buvijonlarimizning iliqliklari bilan isitdi.
Qadoqi
Xamir zamonaviy uslubda qadoqlangan: oq va tilla rangli paket, yorqin bo’lmagan tasvirlar – bularning barchasi e’tiborni jalb qiladi. Orqa tomonda barcha kerakli ma’lumotlar mavjud: tarkibi, kaloriyasi, foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar.
Tarkibi
Eng yuqori navli bug’doy uni, margarin, tuz, suv.
100 g uchun ozuqaviy qiymati: oqsillar – 5,98 g, yog’lar – 13,44 g, uglevodlar – 39,63 g.
100 g gacha energiya qiymati: 307,6 kkal.
Xususiyatlari:
Xamir sir bo’lib qoladigan maxsus texnologiya yordamida qoriladi. Buning uchun odatdagidan kam yog’li margarin ishlatilishini bilib oldik, ammo xamirning qanday tayyorlanishi sir bo’lib qolmoqda.
Xamir bilan ishlash juda oddiy: u rulet shaklida o’ralgan, siz esa faqatgina uni xona haroratida 30-60 daqiqa davomida eritsangiz bas. Erigan xamirni esa bo’laklarga bo’lib, yoyishingiz mumkin – boshqa tayyorgarlik talab qilinmaydi.
Eng asosiysi, aylananing o’rtasi chetlaridan qalinroq bo’lishi kerakligini yodda tuting: shunda xamir teng ravishda pishadi.
Qayerdan qanchaga sotib olish mumkin
Biz somsa uchun «MuzA» qatlama xamirini korzinka.uz supermarketlar tarmog’idan 11 490 so’mga sotib oldik.
Reklama huquqi asosida